"Real" "Barselona"ga qarshi rasmiy uchrashuvlardagi g‘alabalar soni bo‘yicha yana peshqadamga aylandi.
Joze Mourinyo boshchiligidagi madridliklar La Liganing 10-turida "Kamp Nou"da raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bu "Real"ning "el-klasiko" tarixidagi 107-g‘alabasi bo‘ldi. "Barselona" hisobida 106 ta g‘alaba bor, yana 52 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.
Madridliklar o‘zaro bahslarda urilgan gollar soni bo‘yicha ham ustunlikka ega — 446:442.













