"Real" hujumchisi Kilian Mbappe "Barselona"ga qarshi o‘yinlardagi gollari sonini 14 taga yetkazdi.
Fransiyalik futbolchi La Liganing 10-turidagi "el-klasiko"da (2:1) dubl qayd etdi. Shu tariqa, u madridliklar safida kataloniyaliklarga qarshi 7 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi.
Mbappe avvalroq "PSJ" futbolchisi sifatida "Barselona"ga qarshi 4 o‘yinda 6 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
XXI asrda "Barselona"ga Mbappedan ko‘proq gol urgan faqat ikki futbolchi bor: Krishtianu Ronaldu (34 o‘yinda 20 gol) va Karim Benzema (46 o‘yinda 16 gol).













