Kilian Mbappe «Oltin to‘p-2026» ovoz berishida ikkinchi o‘rinni egalladi
«Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Oltin to‘p-2026» uchun ovoz berish natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu fransuz futbolchisining faoliyatidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.
Mbappe faoliyati davomida futbol bo‘yicha eng nufuzli individual mukofot uchun to‘qqiz marta nomzodlar qatoriga kiritilgan va har safar kuchli o‘ntalikdan joy olgan.
Uning avvalgi natijalari quyidagicha:
- 2017 yil — 7-o‘rin;
- 2018 yil — 4-o‘rin;
- 2019 yil — 6-o‘rin;
- 2021 yil — 9-o‘rin;
- 2022 yil — 6-o‘rin;
- 2023 yil — 3-o‘rin;
- 2024 yil — 6-o‘rin;
- 2025 yil — 7-o‘rin.
2020 yilda esa pandemiya sababli «Oltin to‘p» mukofoti topshirilmagan.
Joriy yilda «Oltin to‘p» sovrini «Bavariya» klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynga nasib etdi.













