«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritganidan so‘ng g‘alabasini Londondagi Cirque Le Soir tungi klubida nishonladi.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchiga rafiqasi Keyt, oila a’zolari va yaqin do‘stlari hamrohlik qilgan.
Ziyofatda Keynning «Tottenxem»dagi sobiq jamoadoshlari Erik Dayer va Ben Devis ham ishtirok etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining qadah ko‘targani aks etgan kadrlar tarqaldi.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» chorshanba kuni Germaniya kubogi doirasida «Magdeburg»ni qabul qiladi. Myunxenliklar Bundesligada esa to‘plar nisbati bo‘yicha «Borussiya Dortmund»ni ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.













