"Liverpul" hujumchisi Deniyel Starrij bu mavsumda tez-tez zaxiradan maydonga tushayotganiga tashvish qilmayapti.
"Stok Siti" bilan uchrashuvda 70-daqiqada maydonga tushganiga qaramasdan gol urishga erishdi.
"Eng asosiysi men ijobiy fikrlamoqdaman. Futbol - bu jamoaviy o‘yin va har bir futbolchi muhim. "Liverpul"da hech fanday muammom yo‘q. Maydonga tushsam, futboldan zavq olaman, jamoamga yordam berishga harakat qilaman. O‘ynash va gollar urish yoqimli", - deydi Starrij.
Deniyel Starrij APLning bu mavsumida 11 uchrashuvda 1 gol urdi.