Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Boka Xuniors"ning ikkinchi tarkibi o‘yinchisi o‘zbekistonlik Tohir Usmonov orzusi "Navbahor"da o‘ynash ekanini aytdi

"Boka Xuniors"ning ikkinchi tarkibi o‘yinchisi o‘zbekistonlik Tohir Usmonov orzusi "Navbahor"da o‘ynash ekanini aytdi

Baho:
+ | -

Namangan shahrida tug‘ilgan, keyinroq oilasi bilan AQSHga ko‘chib ketgan Tohir Usmonov Argentinaning «Boka Xuniors» klubi a’zosi hisoblanadi, deb yozdi daryo.uz Vodiy Mediaga tayanib. Futbolchi bilan suhbat nashr tomonidan Youtube kanaliga yuklangan.

Tohir Usmonov 14 yoshida AQSH futbol jamoalaridan birida to‘p surgan, keyinroq esa skautlar uni Argentinaga taklif qilgan. Ko‘rikdagi 400 ga yaqin nomzodlar orasidan «Boka Xuniors» futbol klubi tomonidan 2 nafar futbolchi tanlab olingan: ispaniyalik yigit va o‘zbekistonlik Tohir Usmonov.

Futbolchining tan olishicha, u «Boka Xuniors»ning ikkinchi tarkibida to‘p tepadi. Unga ustozlik qilayotgan mutaxassis o‘z vaqtida Karlos Teves, Maradona kabi yulduzlar bilan bir jamoada ishlagan.

O‘zbekistonga 2—3 yilda bir kelib turadigan Tohir Usmonov onasiga «Navbahor»dan taklif bo‘lsa, buni jon deb qabul qilishini aytgan. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi formasini kiyish nasib qilsa, uning muvaffaqiyatlari yo‘lida jonini ham berishga tayyorligini bildirgan.

Suhbat davomida futbolchining yoshi nechada ekaniga oydinlik kiritilmagan. Biroq «Paxtakor» futbol maktabida to‘p surgani, «Andijon» klubining yoshlar jamoasida o‘ynagani ochiqlangan. U bahor mavsumidan boshlab Turkiyaga yo‘l olishni rejalashtirmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:15, 30.12.2016.
O'qildi: 9996 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик