Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Lokomotiv» ikki nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Lokomotiv» ikki nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekistonning amaldagi chempioni va Kubok sohibi «Lokomotiv» PFK yaqinda ikki nafar legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Kot-d’ Ivuar mamlakati fuqarosi hisoblangan himoyachi Mohamed Kone bilan hujumchi Gnoxore Krizo bundan buyon «temiryo‘lchi»ga aylanishdi. Ikkala futbolchi ham tibbiy ko‘rikdan muvaqqiyatli o‘tdi, shuningdek ularning o‘yini murabbiylar shtabiga ham ma’qul keldi.

Ma’lumki, bu futbolchilar dekabr oyining oxirlarida jamoamiz yig‘iniga kelib qo‘shilgandi. «Olmaliq»qa qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida ikkala legioner ham maydonga tushib, Mohamed Kone himoya markazida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa, hujumchi Krizo ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangi yildan keyingi mashg‘ulotlarda ham futbolchilar o‘zlaridan iliq taassurot qoldirishdi. Ular ham xarakter, ham o‘yin tomonlama ham jamoamizga to‘liq mos kelishdi va natijada klub rahbariyati shartnoma imzolashni lozim topdi.

Ma’lumot uchun, markaziy himoyachi Mohamed Kone 1993 yilning 12 dekabrida tug‘ilgan. Fuqaroligi: Kot-d’ Ivuar. Kone himoyada o‘z vaqtida joy tanlay oladi, shuningdek bosh va gavda bilan o‘ynashi ham joyida. U 2015-2016 yilgi mavsumni Moldovaning «Olimpiya» klubi safida o‘tkazib, 25ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2016 yilgi mavsumning qolgan qismida Kiprning «Karmiotissa» klubi sharafini himoya qilib, 14ta uchrashuvda ishtirok etgan. Mohamed Kone Kot-d’ Ivuar terma jamoasiga nomzod futbolchilardan biri hisoblanadi.

19 yoshli hujumchi Gnoxore Krizo esa 1997 yilning 20 iyunida tug‘ilgan. Fuqaroligi: Kot-d’ Ivuar. Krizo hujumda sekin ko‘ringani bilan golli vaziyatlarni tez o‘qiy oladi. Eng muhimi u hali ancha yosh. Shuni aytish kerak, Krizo o‘z vaqtida Milanning «Inter» klubi akademiyasida ham saboq olgan. Jamoaning bir qator yig‘inlari va uchrashuvlarida ishtirok etgan. Ma’lumot uchun, afrikalik yosh hujumchi 2016 yilning birinchi davrasini Belarusning «Slutsk» klubida o‘tkazgan. Ikkinchi davrada esa Moldovaning «Saksan» jamoasi tarkibiga borib qo‘shilgan. Gnoxore Krizo Kot-d’ Ivuar yoshlar terma jamoasiga nomzod futbolchilardan biri va bir necha bor termaga taklif etilgan.

Futbol muxlislari yaxshi bilishadi, Kot-d’ Ivuar futbol mamlakati hisoblanadi, U yerdan Didye Drogba, Aruna Kone, Yaya Ture, Kolo Ture, Seydu Dumbiya, JervinYO, Salomon Kalu, Emmanuel Ebue, Artur Boka singari bir qator mashhurlar yetishib chiqqan. O‘ylaymizki, «Lokomotiv»ga taklif etilgan ikki legioner ham yangi mavsum mobaynida o‘zlarini ko‘rsata olishadi va jamoamizga sovrinlarni yutishda ko‘p bor yordam berishadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 19:07, 07.01.2017.
O'qildi: 13734 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.