Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Zidanni mag’lubiyatsiz seriya sari yetaklagan futbolchilar

Zidanni mag’lubiyatsiz seriya sari yetaklagan futbolchilar

Baho:
+ | -

Bundan bir yil muqaddam Rafael benitesning iste’fosidan so’ng Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligiga bu borada umuman tajribaga ega bo’lmagan Zinedin Zidan tayinlangan edi. Bugun esa barcha bir savolga javob izlamoqda: Zidanning «Real»ini kim to’xtata oladi?

O’yin borasida Zidan hech qanday hayratlanarli yangilik kiritmaganiga qaramay, «Qirollik klubi» sovrinlarni yig’ishda davom etmoqda: Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi, Klublar o’rtasidagi jahon kubogi va La Ligadagi ishonchli peshqadamlik. Bundan ham yaxshisi – «Real»ni 39 o’yindan buyon hech kim mag’lub etolmayapti – bu bilan «Barselona»ning o’tgan mavsumdagi rekordini takrorlab bo’ldi, yana bir mag’lubiyatsiz o’yin «Real»ni Ispaniyaning mutlaq rekordchisiga aylantiradi.

Madridliklar 2017-yilni ancha tomoshabop o’yinlar bilan boshladi – 2 o’yinda 8 gol. Jamoaning bir yildan buyon urilgan gollariga 16 futbolchi mualliflik qilgan – bu kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi ko’rsatkich. «Real»ning barcha chiziqlari ajoyib o’yin ko’rsatmoqda – mustahkam himoya, muvozanatli yarim himoya va sermahsul hujum.

Taktika borasida hali o’rganish jarayonida bo’lgan Zidan qo’li ostidagi futbolchilardan unumli foydalana olishini ko’rsatmoqda. Ushbu mag’lubiyatsiz seriya bir qator asosiy futbolchilarning ajoyib o’yinlariga asoslanishini statistikadan ham bilib olish mumkin. E’tiboringizga ushbu statistikaga asoslangan tahlilni taqdim etamiz.

43 – bu «Real»ning Zidan murabbiyligidagi shubhasiz eng yaxshi to’purari Krishtianu Ronaldu urgan gollar soni. Bu uning sermahsullik borasidagi eng yaxshi yili bo’lmasa ham, u «Real»dagi sovrinlaridan tashqari Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini va o’zining to’rtinchi «Oltin to’p»ini qo’lga kiritdi va haqli ravishda bu yilni faoliyatidagi eng yaxshisi sifatida tan oldi.

16 – Kamtar Toni Kroos hujum ortida tengsiz o’yin ko’rsatmoqda. 16 ta golli uzatma bilan u Zidan davrining bu boradagi eng yaxshi ko’rsatkichini qayd etmoqda.

101 – bu Toni Kroosning yana bir eng yaxshi ko’rsatkichi – germaniyalik yarim himoyachi Zidan qo’l ostida ayna shuncha golli vaziyat yaratgan.

0 – ko’plab futbolchilar biror Zidan murabbiyligida biror marta mag’lub bo’lmagan. Alvaro Morata, Marko Asensio va Mariano yangi mavsumda jamoaga qo’shilgan bo’lsa, zaxira futbolchilaridan Mateo Kovachich, Nacho, Kiko Kasilya, Fabio Koentrau, Alvaro Arbeloa, Martin Edegor va Zidanning o’g’li Enso yutqazilgan o’yinlarda maydonga tushmagan.

264 – Kazemiro tayanch yarim himoyasida fransiyalik mutaxassisga juda yaxshi asqotgan, u to’p uchun kurashlarda 264 marta g’olib chiqqan.

72 – 10 yil avval «Real»ga kelgan Marselo Zidan murabbiyligida driblinglar soni bo’yicha yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o’rinlardagi Isko va Modrich hisobida 70 tada dribling bor.

70 – Kazemiro qo’pollik borasida ham Zidanning yetakchi futbolchisi bo’lgan.

76 – raqiblarni qo’pollik qilish eng ko’p majbur qilgan futbolchi Krishtianu Ronaldu emas, balki Lukas Vaskesdir.

90,81 – Ronaldu 2016-yil 4-yanvardan buyon har 90,81 daqiqada, ya’ni deyarli har bir o’yinda bittadan gol urgan. Bu kamida 10 o’yinda maydonga tushgan futbolchilar orasida eng yaxshi ko’rsatkichdir. Ikkinchi o’rinda esa na Benzema, na Beyl – bu ko’proq zaxiradan maydonga tushuvchi Alvaro Morata bo’lib, u har 113,3 daqiqada bittadan gol urgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:19, 08.01.2017.
O'qildi: 17192 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.