«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa bosh murabbiyi lavozimida uzoq ushlanib qolishiga ishonmayapti.
«Men Fergyuson va Vengerning ko‘rsatkichlariga intilmagan bo‘lardim. Ular men uchun o‘rnak bo‘la olgan ajoyib insonlar. Ammo faoliyatimning katta qismini bir klubda o‘tkazaman deb aytolmayman. 10 yil eplashim mumkin. Ammo 20 yil... Hozir 47 yoshga to‘ldim, o‘ylashimcha xotinim buni ma’qullamasa kerak» - dedi Konte Goal xabarida.