Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Portu» prezidenti Santyago Bernabeu rekordini yangiladi

«Portu» prezidenti Santyago Bernabeu rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

«Portu» prezidenti Pintu da Koshta klub rahbari bo‘lib ishlash muddati bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Da Koshta prezident lavozimida 34 yil, 8 oy, 19 kundan buyon ishlamoqda. Natijada, 79 yoshli rahbar «Real» klubining prezidenti Santyago Bernabeu tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. U 1943 – 1978 yillarda «Qirollik klubi»ni boshqargan edi.

Da Koshtaning prezidentlik yillarida «Portu» 20 marta Portugaliya chempioni bo‘ldi, 12 marta Kubok, 19 marta Superkubokni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, jamoa ikki marta YECHL g‘olibi (1987, 2004), bir marta UYEFA kubogi g‘olibi (2003), bir marta YEL g‘olibi (2011) va bir marta UYEFA Superkubogi g‘olibi (1987) bo‘lgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:35, 13.01.2017.
O'qildi: 9812 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик