«Bavariya» Telekom Cup-2017 musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.
Musobaqada myunxenliklardan tashqari «Borussiya» M, «Mayns» va «Fortuna» klublari qatnashdi.
Yarimfinalda Karlo Anchelotti shogirdlari «Fortuna» klubini (0:0, pen 4:1) penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi. Finalda esa «Mayns» (2:1) dog‘da qoldirildi. Gollar Frank Riberi, Xavi Martines va Andre Ramalo hisobiga yozildi.