Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi

Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov Eronning “Istiqlol” futbol klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

35 yoshli yarim himoyachi  Tehron sharafini himoya qiluvchi “Istiqlol”ning tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdi va klub bilan 500 ming AQSH dollariga teng 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

Server Jeparov yangi klubida faol ishtirok etib, samarali natija ko‘rsata olsa, mukofot puli ko‘rinishidagi qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘ladi.

Eron Pro Ligasi vakili “Istiqlol” 2015/16 yilgi mavsumda chempionatni 3-o‘rinda tugatgan edi. Joriy mavsumda  jamoa 16-turdan keyin 25 ochko bilan 16 ta jamoa orasida 5-pog‘onani egallab turibdi.

2008 va 2011 yillarda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Server Jeparovning so‘nggi klubi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bo‘lgandi. U 2016 yilgi mavsumda “temiryo‘lchilar”ning barcha musobaqalarida 34 o‘yinda maydonga tushib,  8 ta gol kiritdi va “Lokomotiv”ning tarixda ilk bor O‘zbekiston chempioni bo‘lishiga hamda mamlakat Kubogi sohibiga aylanishiga hissa qo‘shdi.

Server Jeparov professional faoliyati davomida quyidagi klublarda to‘p surgan:

“Navbahor” — 2000–2001

“Paxtakor” — 2001–2007

“Bunyodkor” — 2007–2010

“Seul” (Janubiy Koreya) — 2010 (ijara)

“Seul” (Janubiy Koreya) — 2011

“Ash-SHabob” (Saudiya Arabistoni) — 2011–2013

“Seongnam” (Janubiy Koreya) — 2013–2014

“Ulsan Xyondai” (Janubiy Koreya) — 2015

“Lokomotiv” Toshkent — 2016

Ma’lumot uchun, Jeparov “Seul” klubi bilan Janubiy Koreya (2010) chempionligi va Kubogi (2010), “Ash-SHabob” (2012) bilan Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Toshkentning uch klubi — “Paxtakor” (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007), “Bunyodkor” (2008, 2009) va “Lokomotiv” (2016) safida O‘zbekiston chempioni bo‘lishga erishgan.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi 2008 yilda O‘zbekiston chempionati to‘purari, 2008 va 2010 yillarda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:17, 15.01.2017.
O'qildi: 8521 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик