Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Avvalroq Florentino Peres jarohatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli «shaharliklar» futbolchisining transferiga qarshi chiqqan edi, biroq klubning boshqa mas’ul shaxslari Joze Mourinyo jamoasiga 30 yoshli ispaniyalik futbolchi juda zarur deb hisoblashdi. ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» yarim himoyachi uchun 60 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu yetarli bo‘lmasligi mumkin, chunki mish-mishlarga ko‘ra, «Manchester Siti» 100 million yevro talab qilmoqda.
Transfermarkt portali ekspertlari Rodrining qiymatini 55 million yevroga baholashmoqda. Jahon chempionining Angliya grandi bilan amaldagi shartnomasi keyingi yilning yozida tugaydi.













