Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

“Barselona” JCH-2026 g‘olibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

“Barselona” JCH-2026 g‘olibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -1

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Atletik” va Ispaniya milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Emerik Laportni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Sport.es nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar yaqin kunlar ichida 32 yoshli futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer va uning kelajakdagi rejalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

“Barselona” sport direktori Deku Jahon chempionati vaqtidayoq Laportning atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatgan edi. O‘shanda tomonlar muzokaralarni turnir yakunlanganidan so‘ng davom ettirishga kelishib olgandi.

“Barselona” Laportni mudofaa markazini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Klub rahbariyati himoyachining tajribasi, hujum boshlash qobiliyati va chap oyoqda ishonchli o‘ynashini yuqori baholamoqda. Manbaga ko‘ra, ushbu ehtimoliy transfer summasi 15 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Laport 2026-yilgi Jahon chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan Ispaniya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. Turnir davomida u mudofaa markazida Pau Kubarsi bilan juda ishonchli tandem hosil qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:56, 23.07.2026.
O'qildi: 2996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик