Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Real» yangi yulduz transferi uchun ikki hujumchisidan birini qurbon qilishiga to‘g‘ri keladi

«Real» yangi yulduz transferi uchun ikki hujumchisidan birini qurbon qilishiga to‘g‘ri keladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujum chizig‘ini yulduz futbolchi bilan kuchaytirmoqchi. Yangi o‘yinchiga joy bo‘shatish uchun «qaymoqranglilar» Gonsalo Garsiya yoki Endrik bilan xayrlashishlariga to‘g‘ri keladi, deb xabar beradi ESPN. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida har ikkala hujumchining imkoniyatlarini baholab olmoqchi, shundan so‘ng yakuniy qaror qabul qilinadi. Katta ehtimol bilan ispaniyalik yoki braziliyalik futbolchi ijaraga yuboriladi.

Ta’kidlanishicha, Endrik yana ijaraga ketishni istamayapti: 20 yoshli futbolchi jamoada qolish va asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashish niyatida.

«Real»ning ustuvor transfer nishoni sifatida «Bavariya» futbolchisi Maykl Olise ko‘rilmoqda — aynan uning nomzodi «Santyago Bernabeu»da eng ko‘p muhokama qilinmoqda.

Kiritildi: 12:09, 23.07.2026.
O'qildi: 6406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик