Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Usmon Dembelening vakillari transfer bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazishdi

Usmon Dembelening vakillari transfer bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazishdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Pari Sen-Jermen» hamda Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Usmon Dembelega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Sasha Tavolyeri xabar berdi.

Manbaning yozishicha, Krisensio Sammervill transferidan so‘ng saudiyaliklar yana bir yulduz futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. «Al-Hilol» Dembeleni xarid qilish imkoniyatini o‘rganish maqsadida uning vakillari bilan dastlabki aloqani o‘rnatgan.

Hozircha «PSJ» bilan rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Avvalo, saudiyaliklar 29 yoshli fransuz futbolchisining roziligini olishni istamoqda. Agar 2025 yilgi «Oltin to‘p» sohibi taklifga ijobiy munosabat bildirsa, «Al-Hilol» parijliklar bilan transfer shartlarini muhokama qilishni boshlaydi. Shu bilan birga, Fransiya chempioni o‘z yetakchisini saqlab qolish niyatida bo‘lib, unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.

Dembele klublar miqyosida faoliyati davomida 421 ta uchrashuvda maydonga tushib, 136 ta gol urgan va 110 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U faoliyati davomida «Renn», Dortmundning «Borussiya»si, «Barselona» va «Pari Sen-Jermen» sharafini himoya qilgan.

Fransuz futbolchisi boy sovrinlar to‘plamiga ega. U «Borussiya» bilan Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan. «Barselona» safida uch marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, ikki marta Ispaniya kubogi va ikki marta Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.

«PSJ» bilan esa uch marta Fransiya chempioni, ikki marta Fransiya kubogi, uch marta Fransiya Superkubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, UYEFA Superkubogi va FIFA Qit’alararo kubogini ham yutib olgan. 2024/25 va 2025/26 mavsumlarida parijliklar ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lishgan.

Xalqaro maydonda Dembele Fransiya milliy jamoasi bilan 2018 yilgi jahon chempioni bo‘lgan. 2025 yilda u «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritdi, shundan so‘ng FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 07:45, 23.07.2026.
O'qildi: 4358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик