O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlash uchun Milliy futbol markaziga yetib keldi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoamiz FIFA kunlari doirasida uchta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.
O‘zbekiston dastlab 24 sentyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tadi.
1 oktyabr kuni vakillarimiz Suriya bilan kuch sinashadi.
Yig‘inning so‘nggi uchrashuvi 6 oktyabrga belgilangan. O‘zbekiston Janubiy Koreya mehmoni bo‘lib, bahs Yon’in shahridagi "Mireu" stadionida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlari:
24 sentyabr — O‘zbekiston — Eron
1 oktyabr — O‘zbekiston — Suriya
6 oktyabr — Janubiy Koreya — O‘zbekiston




















