"Sevilya" ishqibozlari "Ramon Sanches Pisxuan" stadioni oldida "Real" himoyachisi Serxio Ramosga qarshi bannerlar osishdi.
Bir nechta bannerlarga "Ramos yo‘q bo‘lsin", "Serxio Ramos - sotqin", "Sevilya" hech qachon sening uying bo‘lmaydi" deb yozilgan edi. Shu tariqa, ishqibozlar Ispaniya kubogi doirasida "Real"ga qarshi uchrashuvdagi noroziliklarini davom ettirdilar. Kubok uchrashuvi 3:3 hisobida tugagan va Ramos madridliklarning bir golini urgan edi. O‘yin vaqtida ular futbolchiga begona buyum uloqtirgan va unga haqoratli so‘zlar aytgan edilar.
Ramos "Sevilya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2004-05 yillarda andalusiyaliklarning asosiy jamoasida o‘ynagan, shundan so‘ng "Real"ga o‘tgan edi.