APL sobiq hakami Hovard Uebb «MYU» - «Liverpul» (1:1) o‘yinida ishlagan bosh hakam Maykl Oliver mezbonlarning golini inobatga olib, xatoga yo‘l qo‘yganini aytdi.
«Manchester Yunayted»ga yon hakam Mik Makdonoxning xatosi yordam berdi. U joyni tanlashda xatoga yo‘l qo‘ydi, natijada Antonio Valensiyani o‘yindan tashqari holatda ekanini aniqlay olmadi», – dedi Uebb.