Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Flikning ehtimoliy o‘rinbosari ma’lum bo‘ldi

Flikning ehtimoliy o‘rinbosari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» Xans-Diter Flikning bosh murabbiy sifatidagi ishidan mamnun. Shunga qaramay, katta klublar qisqa muddatli natijalar bilan birga uzoq muddatli rejalar haqida ham o‘ylaydi. TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar kelajakda Mikel Artetani jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

«Vaziyatdan xabardor manbalarning ma’lum qilishicha, “Barselona” Artetani bir kun kelib “Kamp Nou”ga qaytarmoqchi.

Bu mutaxassisning bir necha bor kelajakda vataniga qaytib, katta klubni boshqarishi mumkinligi haqida bildirgan fikrlari fonida yuz bermoqda», — deyiladi materialda.

Mikel Arteta «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassis 2019 yil 22 dekabrdan buyon «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda Arteta qo‘l ostida «kanonirlar» Angliya Premyer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 19:24, 10.09.2026.
O'qildi: 2751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик