«Barselona» hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe klub muxlislarini xotirjamlikka chaqirdi.
«Messi «Barselona»ni tark etmaydi, bunday xavf mavjud emas» -dedi Xorxe Cadena Ser xabarida.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, klub bilan futbolchi orasida shartnomani uzaytirish borasida muzokara o‘tkazilmoqda, ammo jiddiy siljish yo‘q.
Messining amaldagi shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.