«Manchester Yunayted»ga Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmechani transfer qilish oson bo‘lmaydi.
«Qizil iblislar» 25 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi, shuningdek, uni o‘z safiga qo‘shib olishga «Nyukasl» ham qiziqish bildirmoqda. Bild Sport ma’lumotiga ko‘ra, «asalarilar» (Dortmund) Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini sotishdan kamida 120 million yevro ishlab olmoqchi. Bunda futbolchining taniqli Transfermarkt portalidagi narxi sezilarli darajada past — 50 million yevroni tashkil etadi.
Feliks Nmecha o‘tgan mavsumda Dortmund jamoasi safida 42 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













