Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

"Real" asosiy tarkibda bir daqiqa ham o‘ynamagan tarbiyalanuvchilaridan 100 million yevrodan ortiq mablag‘ ishlab oldi

"Real" asosiy tarkibda bir daqiqa ham o‘ynamagan tarbiyalanuvchilaridan 100 million yevrodan ortiq mablag‘ ishlab oldi

Baho:
+2 | -

Madridning "Real" klubi 2025/26 yilgi mavsumda asosiy jamoa safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan o‘z tarbiyalanuvchilarini sotish orqali 108 million yevro ishlab oldi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Ushbu mablag‘lar klubning yozgi xarajatlarini, jumladan, Mark Kukurelya va Denzel Dyumfris transferlari hamda Joze Mourinyoni "Benfika"dan olib kelish uchun to‘langan kompensasiyani to‘liq qopladi.

Daromadning asosiy qismi Niko Pasning transferidan kelib tushdi — "Real" uni "Komo" klubiga 60 million yevroga sotdi. Bu madridliklar tarixidagi Alvaro Moratadan keyingi eng qimmat tarbiyalanuvchi transferi hisoblanadi. Shu bilan birga, "Real" futbolchini qaytarib sotib olish huquqini saqlab qolgan.

Viktor Munyosning "Liverpul"ga o‘tishi yana 20 million yevro keltirdi — futbolchining tovon pulining yarmi Madridga yo‘naltirildi. Shuningdek, "Milan"ga o‘tgan Mario Xila va "Bornmut" futbolchisiga aylangan Alvaro Rodrigesning har biri uchun klub 15 million yevrodan oldi. Bundan tashqari, Mario Martinning sotuvidan 3,5 million yevro daromad ko‘rildi.

Yaqin vaqt ichida bu summa yanada oshishi mumkin. Ispaniya ikkinchi divizionining eng yaxshi to‘purari Serxio Arribas "Almeriya"ni tark etishga yaqin turibdi va unga "Benfika" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Potensial transfer "Real"ga yana 12 million yevro foyda keltirishi mumkin.

Kiritildi: 21:11, 08.07.2026.
O'qildi: 6104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик