Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Denis Istomin «Australian open»da qancha mablag‘ ishladi?

Denis Istomin «Australian open»da qancha mablag‘ ishladi?

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Australian open musobaqasining 4-bosqichiga yetib borib, bugun bolgariyalik Grigor Dimitrovga imkoniyatni boy berdi.

Xo‘sh, "ulkan toj" turkumiga kiruvchi turnirning nimchorak finaligacha yetib kelgan hamyurtimiz qancha daromad va qancha reyting ochkosi ishladi?

O‘zbekistonlik tennischi Osiyo-Okeaniya pley-off bosqichi g‘olibi sifatida "wildcard"ga ega bo‘lib, turnirni asosiy to‘rdan boshladi. U dastlab xorvatiyalik Ivan Dodigni, ikkinchi bosqichda jahonning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichni, uchinchi o‘yinda esa ispaniyalik Pablo Karreno Bustani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Afsuski, 4-bosqich bahsida jarohat Istominga to‘la kuch bilan o‘ynash imkonini bermadi.

Natijada, Denis Istomin Avstraliyadagi musobaqa orqali o‘z hisobini 220 000 AQSH dollariga boyitib oldi.

Hamyurtimiz hisobiga 180 reyting ochkolari qo‘shildi. Bu orqali Istomin ATR reytingida kuchli yuztalikka kirishga muvaffaq bo‘ladi. U o‘z ochkolarini taxminan 678taga yetkazib, 80-90-o‘rinlarga oralig‘iga joylashadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:39, 23.01.2017.
O'qildi: 25555 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.