Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Shohruz Norxonov: "Hech bir jamoa bilan rasman muzokaralar boshlanmadi"

Shohruz Norxonov: "Hech bir jamoa bilan rasman muzokaralar boshlanmadi"

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra oliy ligadagi o‘rnini saqlab qolgan Toshkentning «Obod» jamoasi yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirmoqda. Rauf Inileev shogirdlari Qozog‘iston 1-ligasi vakili «Maxtaaral»ga qarshi to‘p surib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Biz mazkur bahsdan so‘ng «Obod» klubi boshlig‘i Farhod Sobirov, bosh murabbiy Rauf Inileev hamda jamoa yetakchisi Shohruz Norxonovni suhbatga tortdik.

- Farhod aka, jamoa mavsumga Rauf Inileev qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘ryapti. Umuman, bu tajribali mutaxassisni taklif qilish varianti qay tarzda paydo bo‘ldi?

- Aslida, Rauf Talgatovich bilan o‘tgan yili bog‘langandik. Lekin o‘shanda tajribali murabbiy sog‘lig‘ida muammolar borligi sababli mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoani qabul qilib olishi mumkinligini aytgandi. O‘sha paytda hamkorlikda ishlash bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgandik. Chempionat yakunlanganidan so‘ng mutaxassis bilan shartnoma imzoladik. U dekabr oyida ilk yig‘inni o‘tkazdi. Hozir esa ikkinchi yig‘inimiz davom etyapti.

- Bu mutaxassisning tajribasiga aslo shubhamiz yo‘q. Lekin Rauf Inileev ma’lum muddat katta futboldan yiroqda bo‘ldi. Aynan mana shu holat sizlarni o‘ylantirmadimi?

- Aslo. Bu haqda o‘ylamadik ham. Chunki ushbu mutaxassis 2007 yili Osiyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. OFK e’tirof etgan mutaxassisning jamoamizda ishlashi - bizning omadimiz. Rauf Talgatovich o‘tgan davr mobaynida ancha zaxira kuchini to‘plab olganlari aniq. Tajribali mutaxassis oliy liganing yangi mavsumida yana sevimli ishini davom ettiradi. Rauf aka bilan bir yillik shartnoma imzoladik. Agar hammasi ko‘ngildagidek davom etsa, ikki tomonlama kelishuvga binoan shartnoma muddati uzaytiriladi.

- Jamoa yangi mavsumda ham uy uchrashuvlarini «Jar» stadionida o‘tkazadimi?

- Shunday desa ham bo‘ladi. Lekin hozircha bu masala yuz foiz hal etilmagan. Muzokaralar o‘tkazyapmiz. Ayni holatda «Jar» stadioni biz uchun eng optimal variant. Stadionning shahar markazida joylashgani muxlislar tashrifi uchun ham juda qulay.

- Futbol maktablari har bir jamoaning asosi, poydevori hisoblanadi. «Obod» klubida ham futbol maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yilibdi. Shu haqda ma’lumot bersangiz.

- Darhaqiqat, futbol maktabi faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratganmiz. O‘tgan yildan ushbu ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yib oldik. Bir nechta guruhda mashg‘ulotlar olib borilyapti. Sekin-asta iste’dodli, yoshlar bilan ishlashda tajribasi bor murabbiylarni ishga olyapmiz. Bu borada ham yaqin yillarda yutuqlarga erishamiz, degan umiddamiz.

Shundan so‘ng «Obod» bosh murabbiyi Rauf Inileevni ham suhbatga chorladik.

- Rauf Talgatovich, jamoani qabul qilib olganingizga bir oycha vaqt bo‘lib qoldi. Futbolchilar bilan yaqindan tanishishga ulgurdingizmi?

- Bu jarayon hamon davom etyapti. Safimizga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishyapti. Parallel ravishda yigitlar bilan yaqindan tanishishga to‘g‘ri kelmoqda. Birinchi yig‘inimizda asosiy e’tibor jismoniy holatni yaxshilashga qaratilgandi. Ikkinchi yig‘inimizda esa futbolchilar ko‘proq to‘p bilan ishlashyapti. O‘rtoqlik uchrashuvlarini boshladik. 14 yanvar kuni «Paxtakor» bilan o‘yinimiz bo‘lib o‘tadi.

- Tarkibda qanday o‘zgarishlarni amalga oshiryapsiz? Adashmasak, o‘tgan yili «Obod» safida ijara asosida to‘p surgan futbolchilar o‘z klublari ixtiyoriga qaytib ketishibdi...

- Ha, ijaradagilar ortga qaytishdi. Asosiy tarkibning 4-5 nafar futbolchisi jamoani tark etdi. «Bunyodkor»dan 3 nafar o‘yinchi o‘tgan yili «Obod» safida to‘p surgandi. Qolgan klublardan ham ijaraga olingan futbolchilar bor edi. Eng yomoni ham shu. Ijaraga futbolchi olib, unga o‘yin amaliyoti taqdim etasan, o‘yinlari endi ochilgan paytda o‘z jamoasiga qaytib ketadi. Qaysidir ma’noda, biz o‘sha o‘yinchini klubiga tayyorlab beramiz.

- Shohruz Norxonovni «Paxtakor» va «Bunyodkor» jamoalari o‘z saflariga chorlashyapti. «Lokomotiv» hujumchi olib bo‘ldi. Uning kelgusi taqdiri nima bo‘ladi?

- Bunday iste’dodli futbolchining tarkibimizda bo‘lishi - bizning yutug‘imiz. Lekin hozir aniq bir narsa deya olmayman. Haqiqatan ham, Norxonovga takliflar yetarli. Ammo yana kamida bir mavsum «Obod»ga yordam bersa, yomon bo‘lmasdi. U o‘tgan yili 14ta gol bilan chempionat to‘purarlari orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu juda ham yaxshi natija. Endi ko‘ramiz, klub rahbarlari mazkur masalani hal qilishadi. Shohruz tez orada milliy terma ixtiyoriga jo‘nab ketadi, uni Samvel Babayan jamoaning xorij yig‘iniga taklif qildi.

Shohruz Norxonov («Obod» hujumchisi):

- «Paxtakor»dan taklif bo‘layotgani rost. Qolaversa, boshqa takliflar rost. Lekin hali hech bir jamoa bilan rasman muzokaralar boshlanmadi. Hozir butun e’tiborimni yangi mavsum tayyorgarligiga qaratishim kerak. Chalg‘imasligim lozim. Meni yana milliy terma jamoa yig‘iniga taklif qilishganidan xursandman. Bor kuchimni safarbar qilib, murabbiylar ishonchini oqlashga intilaman. Boshqa klubga o‘tish esa ayni paytda men uchun birinchi galdagi masala emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:42, 24.01.2017.
O'qildi: 7368 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.