Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Mini futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda

Mini futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda

Baho:
+ | -

Mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati davom etmoqda. Bugun ham chempionat dastlabki bosqichining 1-tur doirasidagi 4ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Sevinch”  Toshkentning “Paxtakor W” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv juda qiziqarli boshlandi. 5-daqiqada “Sevinch” o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi.  “Paxtakor W” o‘yinchisi Madina Voxidova himoyachilarimiz xatosidan unumli foydalanib, Laylo Tilavova qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Bu golga oradan ikki daqiqa o‘tib, hujumchimiz Nilufar Qudratova javob qaytardi. O‘yinchilarimiz uchrashuvning birinchi bo‘limida yana raqib darvozasini uch marta aniq nishonga olishdi va hisobni 4:1 ko‘rinishiga olib kelishdi. Birinchi bo‘limdagi qolgan gollarga Tanzilya Zarbiyeva (1) va Malika Burxonovalar (2) mualliflik qilishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Shoira Qulto‘rayeva va Malika Burxonovalar  yana bir martadan gol urishib, hisobni 6:1ga o‘zgartirishdi. O‘z o‘rnida tajribali futbolchilarimiz “Paxtakor W” jamoasi o‘yinchilariga gol urish uchun boshqa imkon berishmadi. Shunday qilib, ikkinchi uchrashuvda ham g‘alaba qo‘lga kiritildi.

Jamoamiz ertaga dam oladi va 26 yanvar kuni “TATU” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 11:00da boshlanadi.

Quyida bugungi jamoamiz ishtirokidagi o‘yin qaydnomasi bilan tanishing.

Mini futbol bo‘yicha  XIII O‘zbekiston chempionati. Dastlabki bosqich, 1-tur

“Paxtakor W” (Toshkent) – “Sevinch” (Qarshi) 1:6 (1:4)

Toshkent sh., “Yoshlik” sport arenasi. 24.01.2017 yil

Hakamlar: Edita Mirobidova, Lyudmila Geyger, Aleksandra Konchikova, Anna Sidorova.

Gollar: Madina Voxidova, 5’-1:0 – Nilufar Qudratova (7’-1:1), Tanzilya Zarbiyeva, (13’ 1:2), Malika Burxonova (15′-1:3, 18’-1:4, 27’-1:6), Shoira Qulto‘rayeva (23’-1:5).

“Paxtakor W”: 26.Jibek Mirzabekova, 10.Dinara Tagirova, 1.Dilorom Tulanova, Gulmira Devyatova, 19.Zuhro Muhammadjonova, 4.Mirana Kosnikova, 28.Umida Hatamova, 7.Madina Hikmatova, 17.Madina Voxidova, 21.Madina Tursunova, 8.Roziyaxon Asqarova, 24.Kamola Erkinova, 22.Gulruh Xo‘jayeva, 35.Ekaterina Noskova.

“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 12.Matluba Abdirasulova, 8.Kamola Riskiyeva (s),  11.SHaxzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 17.Tanzilya Zarbiyeva, 27.SHodiya Tosheva, 25.Maftuna Shoimova, 37.Malika Burxonova, 77.Nilufar Qudratova, 7.SHoira Qulto‘rayeva, 20.Maftuna Panjiyeva, 18.Sevara Normurodova, Shaxnoza Qurbanova.

Bugungi uchrashuvlar quyidagi natijalar bilan yakunlandi:

“Yuz rabot” – “Baxmal” 4:3

“Alanga S” – “TATU” 0:11

“Oq qo‘rg‘on” – “Sho‘rtan Lady” 0:9

Dam olish: “Qirq qiz” (Nukus)

Ertaga 25 yanvar kuni bo‘ladigan uchrashuvlar anonsi:

“Sho‘rtan Lady” – “Baxmal”

“TATU” – “Yuzrabot”

“Alanga S” – “Oq qo‘rg‘on”

“Qirq qiz” – “Paxtakor W”

Dam olish: “Sevinch”

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 22:05, 24.01.2017.
O'qildi: 5082 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик