Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Rizo Ayvazov: "Neftchi" safida ko‘plab gollar o‘rmoqchiman"

Rizo Ayvazov: "Neftchi" safida ko‘plab gollar o‘rmoqchiman"

Baho:
+ | -

O‘z vaqtida "Neftchi" jamoasi o‘rinbosarlar safida faoliyat olib, keyinchalik Farg‘ona shahrining "Istiqlol" jamoasiga ijara asosida o‘tib ketgan Rizo Ayvazov yana "Neftchi" safiga qaytdi va jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

1995-yili tavallud topgan hujumchi o‘tgan mavsumni "Istiqlol" safida muvaffiyatli o‘tkazdi. Misol tariqasida Ayvazov "Istiqlol" tarkibida 10 ta o‘yin o‘tkazib 17 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etib yana "Neftchi" murabbiylarining e’tiborini tortdi. Rizo endilikda jamoadagi Sherzod Hakimov, Otabek Isroilov va Mo‘ydin Mamazulumov kabi tajribali hujumchilar bilan bir jamoa safida o‘ynaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan Ayvazov uchun ko‘p narsani anglatadi. Yosh hujumchi "Neftchi" PFK bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng jamoaning internetdagi rasmiy portali uchun intervyu berdi.

- "Neftchi" safida tajribali o‘yinchilar yig‘ilgan. Men ulardan ko‘p narsa o‘rganmoqchiman. Jamoaning har bir a’zosi singari men ham "Neftchi"ning g‘alabalarida, salmoqli natijalarida o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Hali yoshman. Shunday ekan marrani kengroq olib MTJmiz vakili bo‘lish uchun astoydil harakat qilmoqchiman. O‘zimdan ancha tajribali va mahoratli futbolchilar bilan mashg‘ulotlar menga ko‘p narsa beryapti. Raqobatdan qo‘rqmayman. Sof raqobat bor joyda o‘sish kuzatiladi. Andrey Fyodorov bilan gaplashdim. Murabbiy ko‘p narsa o‘zimga bog‘liq ekanligini ta’kidladi. Muxlislarga esa salomatlik tilayman. Ishqibozlar ham bizning jamoamiz a’zosi hisoblanishadi. Bejizga ularni 12-o‘yinchi deyishmaydi, - dedi Ayvazov.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 14:25, 29.01.2017.
O'qildi: 6170 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.