Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Xese ijara asosida «Las-Palmas»ga o‘tishi aniq bo‘ldi

Xese ijara asosida «Las-Palmas»ga o‘tishi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Real» klubining sobiq futbolchisi, hozirda «PSJ» sharafini himoya qilayotgan Xese Rodriges ijara asosida «Las-Palmas»ga o‘tadigan bo‘ldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar yakuniy qarorga kelishdi. Faqat bu transferni rasmiylashtirish qoldi. Xesening «Las-Palmas»ga o‘tishi mavsum yakuniga qadar rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

«Las-Palmas» prezidenti Migel Anxel Ramiresning ta’kidlashicha, Xese ispan jamoasiga o‘tish uchun hech qachon bunchalar yaqin kelmagan.

Xese «PSJ» bosh murabbiyi Unai Emerining ishonchini qozona olmadi. Fransiya chempionatining 22ta turidan keyin yarim himoyachi 9ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, ulardan bittasida bahsni asosiy tarkibda boshlagan. Xese bu o‘yinlarda bitta gol urdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:25, 30.01.2017.
O'qildi: 4430 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик