Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

“Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2017” kundaligi: To‘rtinchi kun

“Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2017” kundaligi: To‘rtinchi kun

Baho:
+ | -

Farg‘onada davom etayotgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasida kutilmagan natijalar qayd etishi davom etmoqda. To‘rtinchi kunda ham muxlislar qiziqarli bahslarning guvohiga aylanishdi.

Debyutantning shashti baland

“Istiqlol” jamoasi musobaqadagi sensasiya sohibi bo‘ldi. Noil Gubanov shogirdlari bu safar Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi maydonga tushib, kichik 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Mazkur g‘alabadan keyin “Istiqlol”ning ochkolari yettitaga yetdi.

“Neftchi-1” jamoasi ham qiyin kechgan bahsda uch ochkoni qo‘lga kiritdi. “O‘z Dong Ju”ga qarshi kechgan uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilayotgan pallada Sherzod Hakimov katta sahnaga chiqdi. Zaxiradan maydonga tushgan “Neftchi” hujumchisi ketma-ket ikki marta raqib darvozasini aniq nishonga olib, farg‘onalkilarga muhim g‘alabani taqdim etdi.

“A” guruhi

3-tur

“Istiqlol” – “Navbahor” – 1:0

“Neftchi-1” – “O‘zDongJu” – 4:2 (2:1)

Gollar: Damir Nizanov, Said Abdujabborov, Sherzod Hakimov. – Shoxrux Omonulloxonov, Islombek O‘rmonov.

“Neftchi-1”: Abdumavlon Abdujalilov, Sardor Qulmatov, Furqat Hasanboyev,Hamza Karimov,  Said Abdujabborov, Abdujamol Isroilov, Mo‘ydin Mamazulumov, Husniddin G‘ofurov, (S) Javohir Rasulov,  Abdurahmon Abdulhaqov, Damir Nizanov.

Zaxira: Sherzod Hakimov, Umid Qodirov, Abbos Maxstaliyev, Dilyor Irmatov,  Muzaffar Muzaffarov, Siroj Ro‘zimetov, Abdusattor Obidov.

O‘zDongJu: Ilyos Ismoilov,  Ibrohim Madaliyev, Abdurahmon Komilov, Rasul Toshlonqulov, Islombek O‘rmonov, Shoxrux Omonulloxonov, (S) Suhrob No‘’monov, Shodiyor Mo‘llajonov, Javohir Islomiddinov, Ro‘zimuhammad Yunusaliyev, Jasur Quvvataliyev.

Zaxira: Javohir Sodirov, Xolid Fosmurodov, Ozod Qahhorov, Javohir Toshpo‘latov, Javohir Shomurodov, Izzat Alinazarov,  Odil Abdulhamidov.

3-turdan keyingi vaziyat:

Istiqlol 3 2 1 0 5-3 7
Neftchi-1 2 1 1 0 5-3 4
O‘z Dong Ju 2 0 0 2 4-7 0
Navbahor 1 0 0 1 0-1 0

 

So‘nggi daqiqadagi gol

Asosiy jamoamiz ham musobaqadagi ishtirokini boshladi. Vakillarimiz so‘nggi daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol evaziga g‘alabadan mahrum bo‘lishdi.

Uchrashuvda katta ustunlikka erishgan qo‘qonliklar 62-daqiqada hisobni ochishdi. Jarimadan oshirilgan to‘pni Filip Rayevas boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Goldan keyin ham vakillarimizda bir qator vaziyatlar vujudga kelgandi. Ammo ulardan oqilona foydalana olmadik.

So‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan pallada esa andijonliklar hisobni tenglashtirishdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Muborakning “Mash’al-1” jamoasi birinchi liga yetakchilaridan biri – “Sementchi”ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinda muborakliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

 

“B” guruhi

2-tur

“Sementchi-1” – “Mash’al-1” 1:3

Gollar: Elyor Akbarov – Zohir Qo‘ziboyev, Maksim Lipin, Shahzod Shaymanov.

“Sementchi” 1. Dilmurod Mamayusupov, 2. Jo‘rabek Yakubov, 3. Oqilbek Mahmudov, 4. Rahmatillo Meliboyev, 5. Abduholik Qurbonov, 6. Otabek Ahmadjonov, 7. Davron Isoqov, 9. Sardor Sotvoldiyev, 13. Umidjon Matmusayev, 15. Nurlibek Talasboyev, 27. Davron Mamatov.

Zaxira: 16. Ilhom Jumanov, 8. Muhammadsulton Fozilov, 10. Elyor Akbarov, 17. Amirxon Ibrohimov, 19. Fexruz Salohitdinov, 20. Asror Rahmonov.

“Mash’al”: 12. Shohruh Eshbo‘tayev, 23. Sardor Rahmonov, 18. Abbos Shodmonov, 55. Avaz Agaliyev, 8. Bobur Qosimov, 6. Sardor Abduraimov, 28. Maradona Safarov, 90. Zafar To‘rayev (S), 98. Maksim Lipin, 7. Zohir Qo‘ziboyev,

Zaxira: 35. Javohir Ilyosov, 96. Shohruh Dostonov, 27. Farrux Shotursunov, 13. Shahzod Shaymanov, 19. Maqsud Mahmudov.

 

“Qo‘qon-1912-1” – “Andijon” – 1:1 (0:0)

Gol: Filip Rayevas-63.  – Jahongir Maqsudov – 90.

“Qo‘qon-1912-1”: 12. Aziz Ashurov, 6. Bahodir Akramov (15. Oybek Rustamov-66), 7. Jamshid Hasanov, 8. Akmal Xolmurodov, 10. Javohir Sidiqov (19. Shoxrux Xolmatov-66), 11. Nosir Otaqo‘ziyev (17. Andrey Sidirov-63), 23. Jalil Kimsanov, 24. Filip Rayevas (70. Sobir Homidov-66), 28. Avaz Mamatxo‘jayev (18. Muhammadanas Hasanov-55), 29. Suhrob Berdiyev (22. Orif Mamajonov-66), 31. Darko Gojkovich.

Zaxira: 13. Nikita Ribkin.

“Andijon”:  21. Farrux Turdialiyev, 44. Dilmurod Mahmudov, 26. Qahramon Muhammadjonov, 33. Akbar Xo‘jayev (15. Ahror O‘ktamov-63), 60. Oybek Nurmatov, 18. Farhod Bekmuratov, 22. Sanjar Asqaraliyev (25. Baxtiyor Qosimov-60), 8. Maqsud Mahmudov (70. Shukur Jo‘maboyev-57), 6. Ibrohim Otaxonov (34. Abror Komilov-74), 17. G‘ayrat Jo‘rayev (28. Jahongir Maqsudov-60), 32. Alisher Abduvohidov (19. Bobur Farhodov-70).

Zaxira: 16. Davron Jo‘raqulov.

 

Andijon 2 1 1 0 2-1 4
Mash’al 1 1 0 1 3-2 3
Norin 1 1 0 0 1-0 3
Qo‘qon-1912-1 1 0 1 0 1-1 1
Sementchi-1 2 0 0 2 1-4 0

 

“Oloy” musobaqada ishtirok etmaydi

Qirg‘izistonning “Oloy” jamoasi turnirda qatnasha olmasligi oydinlashdi. Kecha jamoa rahbariyati Farg‘onaga kelishdi va musobaqada ishtirok eta olishmasliklarini ta’kidlashdi. “Oloy”ning turnirda qatnasha olmasligi legionerlar masalasiga borib taqaladi. Ayni damda qirg‘izistonliklar safida bir nechta xorijlik futbolchilar to‘p surishadi. Ularning hujjatlari bilan bog‘liq muammolar vujudga kelgani bois Farg‘onadagi musobaqaga kela olishmadi.

“Oloy” safidagi olti nafar  legioner jamoaning yetakchi futbolchilari sanalishadi. Shu sababli klub rahbariyati ularsiz musobaqaga kelishni foydasiz deb hisoblashdi.

 

Bugungi o‘yinlar anonsi:

“S” guruhi

3-tur

30 yanvar

Barkamol avlod – Neftchi-2            soat 11:00   Neftchi SK

Toshloq – Farovon                           soat 14:30   Neftchi SK

 

“D” guruhi

3-tur

30 yanvar

Mash’al-2 – Qo‘qon-1912-2               soat 11:00  FarDU SM

O‘z Tong Kong Xong Ko – Sementchi-2       soat 14:30 Neftchi FM

Sirdaryo – FarDU                              soat  14:30  FarDU SM

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 11:05, 30.01.2017.
O'qildi: 4156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.