Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Al-Hidd» qanday jamoa?

«Al-Hidd» qanday jamoa?

Baho:
+ | -

«Nasaf» bugun OCHL-2017 saralash bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda maydonga tushib, mamlakatimizda yangi futbol mavsumiga rasman start beradi. Qarshi klubi ilk o‘tish bosqichida Bahrayn chempioni - «Al-Hidd» to‘siqidan o‘tishi kerak. Uchrashuv «Bunyodkor» stadionida soat 16:00da boshlanadi. Aytish joiz, Bahrayn klublari so‘nggi 10 yillik mobaynida bizning vakillarga to‘qnash kelishmagan. Shu boismi, ular haqida ma’lumotlar ancha kam. Demak, quyida bo‘lajak raqibni imkon qadar tanishtiramiz.

Bahrayn premyer-ligasi 1952 yili yo‘lga qo‘yilgan va kuz-bahor tizimida o‘tkaziladi. Ligada 10ta jamoa ishtirok etadi. Oxirgi o‘rinni band etgan klub 1-ligaga tushib ketadi. Amaldagi chempion aynan «Al-Hidd»dir. Birinchilik yarimprofessional maqomiga egaligi bois, klublarga OCHL guruh bosqichi yo‘llanmasi berilmayapti. 2014 yili «Al-Hidd» va keyingi mavsum «Al-Riffa» OCHL saralash raundida qatnashdi.

«Al-Hidd» 1945 yili tashkil etilgan. Mavsum-2015|2016da esa o‘z tarixida ilk marta chempionlikni nishonladi. Xullas, Muharraq shahri klubi mamlakat chempionati oltin medalini yutish yo‘lida 70 yildan ko‘p faoliyat yuritdi. Jamoa avvalgi mavsum 12ta g‘alaba va 6ta durang qayd etib, yaqin ta’qibchisi - «Al-Muharraq»ni 10 ochko ortda qoldirdi. Hujumchi Muhammad Sa’d al Rumayhiy 17ta gol bilan nafaqat «Hidd», balki butun chempionatning bosh to‘purari bo‘ldi. Joriy mavsum esa, 9ta o‘yindan so‘ng turnir jadvalida 7-pog‘onani band etib turibdi: 2ta g‘alaba, 4ta durang, 3ta mag‘lubiyat. To‘plar nisbati: 8-10. 5 yanvar kuni Bahrayn futbol assosasiyasi kubogi doirasida «Al-Najma»ni safarda 2:1 hisobida dog‘da qoldirgan «Hidd» tabiiyki, ikkinchi davrada yuqoriroq o‘ringa ko‘tarilish uchun intiladi. Yuqorida aytildi, jamoa OCHL saralashida avval ham ishtirok etgan. Ya’ni 2014 yilgi turnirning asosiy qismiga o‘tish yo‘lida avvaliga Iordaniyaning «Shabab Al-Ordun» klubini yengib, keyin «Lahviya» (Qatar)ga yutqazgandi:

2014 yil 2 fevral. 1-raund. «Shabab Al-Ordun» - «Al-Hidd» - 1:3 (qo‘sh. vaqt)

Gollar: Essam Mubaydin (64) - Juliano de Paula (83-pen.), Okarandut Orok (96, 102).

2014 yil 8 fevral. 2-raund. «Lahviya» - «Al-Hidd» - 2:1

Gollar: Nam Taye Xvi (35), Habib Mendi (48-avt.) - Habib Mendi (60).

Said Muhammad Adnan va Uche Agboning jamoadagi o‘rni beqiyos. Albatta, «Al-Hidd» ixtiyorida legionerlar ham bor. Davralar oralig‘ida tarkibida o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Hozircha «Hidd» tarkibida 3 nafar nigeriyalik va iordaniyalik futbolchi qayd etilgan - Efidayo Omasui, Uche Agbo, Okarandut Orok hamda Muhammad al Dovud. Klubning 2 nafar vakili Bahrayn terma jamoasi sharafini himoya qilidi. Bular - Abdulla al Hazaa (himoyachi) va Abdulvahob al Ma’lud (yarim himoyachi).

Abdulvahob al Ma’lud 1990 yil 7 iyunda tug‘ilgan. 2011 va 2015 yilgi Osiyo kubogi ishtirokchisi. Milliy jamoasining BAA, Quvayt, Filippin va Yaman termalariga qarshi o‘yinlarida gol urgan.

Uche Agbo 1987 yil 18 martda Nigeriyaning Uyo shahrida tug‘ilgan. 2014 yildan «Al-Hidd»da.

O‘zbekiston klublari OCHL saralash bosqichlarida

OCHL-2002|2003. «Paxtakor» saralashning ikkinchi raundida «Al-Vihdat» (Iordaniya - 3:0, 1:3), uchinchi raundida «Al-Ittihod» (Qatar - 3:4, 3:0) va to‘rtinchi raundida «Al-Ahli» (BAA - 3:2, 1:0) klublari to‘sig‘ini yengib, guruh bosqichiga yo‘l olgan.

«Neftchi» esa saralashning uchinchi raundda Yamanning «Al-Ahli»sini 2:1 va 6:0 hisoblarida yengib, keyingi raundda Tehronning «Istiqlol» klubiga yo‘l bo‘shatgan - 1:0 va 1:2. Ya’ni farg‘onaliklarga o‘z maydonlarida qo‘yib yuborilgan gol pand bergandi.

OCHL-2012. 18 fevral. Ikkinchi raund. Dubay. «Maktum bin Rashid» stadioni. 2000 tomoshabin. «Al-SHabab» (BAA) - «Neftchi» - 3:0. Gollar: Issa Obayd (6, 60), Azizbek Haydarov (90Q3). Hakam: Muhsin Torki (Eron).

OCHL-2013. 9 fevral. Uchinchi raund. Dubay. «Al-Maktum» stadioni. 3825 tomoshabin. «Al-Nasr» (BAA) - «Lokomotiv» - 3:2. Gollar: Takayuki Morimoto (30), Habib Fardan (78), Leo Lima (89) - Viktor Karpenko (71), Akmal Xolmatov (76). Hakam: Masaaki Toma (YAponiya).

OCHL-2014. 8 fevral. Ikkinchi raund. Doxa. «Suhaym bin Hamad» stadioni. 5400 tomoshabin. «Al-Jaish» (Qatar) - «Nasaf» - 5:1. Gollar: Go Seul Ki (4, 27, 80), Nilmar (36), Abdulrahmon Abker (49) - Farrux Sayfiyev (76). Hakam: Strebre Delovski (Avstraliya).

«Nasaf»: Eldor Suyunov, Maqsud Karimov, Botir Qorayev, Shuhrat Muhammadiyev, Hamza Karimov, Artur Gevorkyan (sardor), Erkin Boydullayev, Ilhom Yunusov (Dadaboyev, 79), Farrux Sayfiyev Ilhom Shomurodov (Kenja To‘rayev, 61), Igor Taran (Azamat Allaniyozov, 46). Bosh murabbiy: Ro‘ziqul Berdiyev.

9 fevral. Ikkinchi raund. Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 5000 tomoshabin. «Lokomotiv» - «Al-Quvayt» (Quvayt) - 1:3. Gollar: Ivan Nagayev (66) - Issam Juma (22, 37, 86). Hakam: Minoru Tojo (YAponiya).

OCHL-2016. 9 fevral. «Pley-off» raundi. Toshkent. «Bunyodkor» stadioni. 9485 tomoshabin. «Bunyodkor» - «Al-SHabab» (BAA) - 2:0. Gollar: Eldor Shomurodov (2, 35). Hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya).

Klubning to‘liq nomi: «Al-Hidd» sport va madaniyat klubi (AL HIDD (BHR)

Klub rahbari: Ahmad Salmon al Musallam

Shahar: Muharraq

Tashkil etilgan yili: 1945

Stadioni: «Muharraq klub stadioni», sig‘imi - 10000

Bosh murabbiyi: Iso al Sadun (Bahrayn)

Chempionat: Bahrayn premyer-ligasi (10ta jamoa)

Laqabi: «sunami»

Sovrinlari: Bahrayn premyer-ligasi chempioni (2015G‘2016); Bahrayn Qirol kubogi (2015); Bahrayn FA kubogi (2015); Bahrayn superkubogi (2015, 2016)

OFK kubogida ishtiroki: 2014 (chorak final; 2015 (guruh bosqichi)

«Nasaf» bosh murabbiyining OCHLdagi o‘yinlari

Ro‘ziqul Berdiyev 1971 yil 22 oktyabrda Kitob tumanida tug‘ilgan. 2012 yildan «Nasaf» bosh murabbiyi. Sevimli taktik uslubi - 4-4-2 (hujumga ixtisoslashgan). Berdiyev OCHLda murabbiy sifatida 19ta o‘yin o‘tkazgan: 3ta g‘alaba, 5ta durang va 11ta mag‘lubiyat. To‘plar nisbati - 14:31.

Mavsum Bosqich O‘yin

2016 Guruh «Al-Ayn» - «Nasaf» - 2:0

2016 Guruh «Nasaf» - «Al-Ayn» - 1:1

2016 Guruh «Nasaf» - «Al-Jaish» - 0:0

2016 Guruh «Al-Jaish» - «Nasaf» - 1:0

2016 Guruh «Nasaf» - «Al-Ahli» (Jidda) - 2:1

2016 Guruh «Al-Ahli» (Jidda) - «Nasaf» - 2:1

2015 Guruh «Nasaf» - «Al-Ahli» (Jidda) - 0:0

2015 Guruh «Traktorsozi» - «Nasaf» - 1:2

2015 Guruh «Nasaf» - «Al-Ahli» (Dubay) - 0:1

2015 Guruh «Al-Ahli» (Dubay) - «Nasaf» - 0:0

2015 Guruh «Al-Ahli» (Jidda) - «Nasaf» - 2:1

2015 Guruh «Nasaf» - «Traktorsozi» - 2:1

2014 Saralash «Al-Jaish» - «Nasaf» - 5:1

2012 Guruh «Nasaf» - «Istiqlol» - 0:2

2012 Guruh «Al-Jazira» (Abu-Dabi) - «Nasaf» - 4:1

2012 Guruh «Nasaf» - «Al-Rayan» - 0:1

2012 Guruh «Al-Rayan» - «Nasaf» - 3:1

2012 Guruh «Istiqlol» - «Nasaf» - 0:0

2012 Guruh «Nasaf» - «Al-Jazira» (Abu-Dabi) - 2:4

FIKRAT tayyorladi, "Interfutbol"

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:12, 31.01.2017.
O'qildi: 5708 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.