Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

“Lokomotiv” Antaliyada to‘rtta nazorat o‘yini o‘tkazadi

“Lokomotiv” Antaliyada to‘rtta nazorat o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish maqsadida «Lokomotiv» futbolchilari bugun kechki payt Antaliyaga yetib kelishdi. Jamoa a’zolari Belekdagi «Sueno Hotels Deluxe» mehmonxonasiga joylashishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu yerda havo harorati yaxshi, iqlim mo‘’tadil. Bir so‘z bilan aytganda, ayni futbol o‘ynaydigan havo. Biz joylashgan mehmonxonada shuningdek, Rossiya premyer-ligasi vakili «Krilya Sovetov» ham istiqomat qilmoqda. Ular 7 fevralga qadar shu yerda bo‘lishar ekan. «Lokomotiv» esa 13 fevralgacha Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib boradi.

Ikki hafta oralig‘ida «temiryo‘lchilar» to‘rtta nazorat bellashuvida ishtirok etishadi. Bugun birinchi kungi mashg‘ulot jamoa a’zolari uzoq yo‘l bosib toliqib kelishgani bois ko‘p davom etmadi. Yarim soatlik mashg‘ulotda murabbiylar e’tiborni ko‘proq tiklanish jarayoniga hamda chigalyozdi mashqlarga qaratishdi. Ertadan boshlab mashg‘ulotlar ikki mahaldan o‘tkaziladi.

Mashg‘ulot maydonlari shundoq mehmonxonaning yonginasida joylashgan bo‘lib, u yerda barcha sharoitlar yetarli. «Lokomotiv»ni bu mavsum ham nihoyatda jiddiy o‘yinlar kutmoqda. Jamoamiz mavsumni 20 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasidagi bahs bilan boshlaydi. Shu kuni Saudiya Arabistonida «Al Taavon» mehmoni bo‘lamiz. Shunday ekan, barchaning e’tibori joriy mavsumni ham ijobiy tarzda o‘tkazishga qaratilgan.

«Lokomotiv»ning Antaliya yig‘inida ishtirok etadigan tarkibi:

DARVOZABONLAR
Ignatiy Nesterov
Ma’mur Ikromov

HIMOYACHILAR
Islom To‘xtaxo‘jayev
Salim Mustafoyev
Oleg Zoteev
Farrux Ibrohimov
Sherzod Fayziyev
Bobur Yo‘ldoshev
Muhammad Kone
Shuhrat Muhammadiyev

YARIM HIMOYACHILAR
Sadriddin Abdullayev
Ikrom Aliboyev
Sardor Mirzayev
Timur Kapadze
Quvondiq Ro‘ziyev
Kaxi Maxaradze
Diyor Turopov
Salamat Qutiboyev

HUJUMCHILAR
Marat Bikmayev
Timur Usmonov
Azizbek Amonov
Nyore Krizo
Murod Bobojonov

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:15, 31.01.2017.
O'qildi: 5461 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик