Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Xayrulla Hamidov maqolasi: “Ikkinchi yumush!”

Xayrulla Hamidov maqolasi: “Ikkinchi yumush!”

Baho:
+ | -

“Real” jamoasida beshta futbolchi asosiy tarkibga tushmayotganidan, ba’zilari umuman tusha olmayotganidan shikoyat qilishibdi. Qaysidir ma’noda isyon hidi kelyapti bu ishdan. Chunki raqam kichkina emas, deyarli yarim jamoa degani.

Bu yerda ko‘pchilik Zidanning Morataga qilayotgan adolatsiz munosabati nuqtasiga kelib to‘xtab qolyapti. Uyog‘iga hech kim o‘tmayapti. Aslida, fransiyalik mutaxassisning kattaroq aybi formasi kuchliroq bo‘lgan Morata o‘rniga Benzemani o‘ynatayotgani emas, balki boshqa o‘rinda – zaxira futbolchilariga zaxira futbolchilari ekanligini tushuntira olmayotgani.

Norvegiyalik Ole Gunnar Sulsher degan futbolchi bo‘lardi. Uning asosiy ishi – o‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda maydonga tushish va gollar shousini namoyish etib berish. Biz bu hujumchini umrbod mana shu ampluada kuzatgandekmiz. Aslida, u ham bugungi Morata va Hamesga o‘xshab asosiy tarkibda o‘ynagisi kelgan, kerak bo‘lsa, bu borada jamoadoshlari bilan kurashgan ham. Lekin uning o‘z o‘rnini hamisha bilib o‘tirishiga ko‘proq Ser Fergyuson sababchidir. Murabbiylar metri ko‘plab frontlarda kurash olib borayotgan jamoasiga mana shunaqa ikkinchi plandagi o‘yinchilar kerakligini, rotasiya payti ulardan foydalanishi mumkinligini, ayniqsa, “boksing dey” kunlari asosiy tarkib yigitlari holsizlanib qolmasligi uchun-da ularni maydonga tushirishini inobatga olsak, o‘rindiqdagi jamoasiga alohida ta’sir o‘tkazardi. Maydondagi jamoasidan ko‘ra, o‘sha – o‘rindiqdagi yigitlarga ko‘proq e’tibor qaratardi.

Qarib borayotgan, o‘z o‘rnini yoshlarga bo‘shatishi kerak bo‘lgan yulduzlarga ham: “Bolam, seni falon kungi kubok o‘yiniga saqlab qo‘yganman, o‘sha kuni o‘zing bir ko‘rsatib berasan-a qanday o‘ynash kerakligini?!” deb ovuta olardi u. Mana shuning uchun ham Serning futbol oilasidan biror gap tashqariga chiqib ketmagan. Bekhemning qoshi yorilmaganida ehtimol o‘sha otilgan butsa haqida ham bexabar qolib ketardik.

Xullas, aytmoqchi bo‘lganim, Mourinyo ham bugungi MYUda shu ishlarni qisman eplayapti. Mxitaryan boshida isyon ko‘targandek bo‘ldi, biroq keyin bu gaplar aslida boshqa ma’noda ekanligini izohladi va jimgina o‘z soatini kutdi. Shvaynshtayger masalasi ham shunday. Kubok bahsida jamoasi uchun ajoyib o‘yin namoyish etib bergan germaniyalik qariya shunchadan beri chidab kelayotganiga ham asosiy sabab – Maur! Joze “qizil iblislar”ni shohjamoa cho‘qqisiga olib chiqqan sababni Serdan meros qolgan jihatlar bilan to‘ldirmoqda.

Zidan esa, bu masalada hali yosh. Uning faoliyati menga yoshligimda ko‘rganim bir multfilmni yodga solib yubordi: 10ta bolasiga ip bog‘lab sayrga olib chiqqan ona u bolasini ushlasa, bunisi chiqib ketaveradi qo‘lidan. Tartiblash uchun rosa yuguradi. Charchab qoladi. “Real” umrbod zaxirada ham yulduzlar o‘tirishga mahkum etilgan jamoa bo‘lib qoladi. Shunday ekan, bu yerda ishlagan odam maydonda harakat qilayotgan shogirdlariga qanday o‘ynashni o‘rgatishi bilan birgalikda, zaxiradagi yigitlarga ham o‘rindiqda qanday o‘tirish kerakligini uqtira olishi zarur.

Manba: maydon.uz
Kiritildi: 10:35, 01.02.2017.
O'qildi: 13099 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.