Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Uzbek Tigers’ning China Dragons’ga qarshi tarkibidan Rio-2016 ning birorta ishtirokchisi joy olmadi

Uzbek Tigers’ning China Dragons’ga qarshi tarkibidan Rio-2016 ning birorta ishtirokchisi joy olmadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston boks federasiyasi Uzbek Tigers jamoasining Butunjahon boks seriyasidan joy olgan China Dragons’ga qarshi tarkibini e’lon qildi. Undan Rio—2016 da O‘zbekiston sharafini himoya qilgan birorta ham bokschi joy olmagan.

Uzbek Tigers tarkibida Rio—2016 oltin medalini qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘stmatov va Shahobiddin Zoirov, shuningdek, sovrindorlar qatoridan joy olgan Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Bektemir Meliqo‘ziyev kabi charm qo‘lqop ustalari mashg‘ulot o‘tkazayotgandi. Biroq ular Xitoyga jo‘nab ketadigan bokschilar qatorida e’tirof etilmagan.

China Dragons’ga qarshi Rio—2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritganiga qaramay Xurshid Tojiboyevning soyasida qolgan va Braziliya safaridan tushib qolgan Elnur Abduraimov jang qiladi. Uning qatorida Mironshoh Ibragimov, Abdulhay Shorahmatov, Ulug‘bek Haqberdiyev va Bobur Yo‘ldoshev ham Xitoyga boradi.

Uzbek Tigers tarkibi

49 kg: Mironshoh Ibragimov

56 kg: Abdulhay Shorahmatov

64 kg: Elnur Abduraimov

75 kg: Ulug‘bek Haqberdiyev

91 kg: Bobur Yo‘ldoshev.

Terma jamoani To‘lqin Qilichev va Rahmatjon Ro‘ziohunov murabbiy sifatida Xitoyga olib boradi. Jamoaning tibbiy masalalariga Komil Rasulov javobgar bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 3 fevral kuni Uzbek Tigers va China Dragons bokschilarini taroziga tortish marosimi bo‘lib o‘tadi. 4 fevral kuni esa xitoyliklarning besh nafar bokschisi yuqorida nomlari keltirilgan sportchilarga qarshi birma-bir ringga chiqadi. Mazkur guruhda, shuningdek, Qozog‘istonning Astana Arlans va Rossiyaning Boxing Team jamoalari bor.

O‘zbekiston Butunjahon boks seriyasidagi debyutini 2016 yilda boshlab, ilk urinishidayoq yarim finalga yetib borgan va bo‘lajak chempion Cuba Domadores’ga imkoniyatni boy bergandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:05, 01.02.2017.
O'qildi: 10365 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.