Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Oq yo‘l sizga, «qaldirg‘ochlar»! "Bunyodkor" OCHLdagi ishtirokini boshlamoqda

Oq yo‘l sizga, «qaldirg‘ochlar»! "Bunyodkor" OCHLdagi ishtirokini boshlamoqda

Baho:
+ | -

Ma’lumki, «Bunyodkor» 7 fevral kuni OCHL-2017 guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun «pley-off» o‘yinida Qatarning «Al-Jaish» klubiga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazadi. Ayni sabab tufayli «qaldirg‘ochlar» kecha BAAning Abu-Dabi shahriga jo‘nab ketishdi. Amirliklar poytaxtida kechadigan bir haftalik o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inidan so‘ng Sergey Lushan jamoasi Doxa shahriga yo‘l oladi. Mazkur «pley-off» bittagina o‘yindan iborat bo‘lgani uchun bellashuvga qiziqish juda yuqori, desak aslo yanglishmaymiz.

Tabiiyki, bunday muhim o‘yinlar arafasida eng avvalo, jamoa a’zolarining ruhiy tayyorgarligiga e’tibor qaratish zarur. Shu bois, safar oldidan «Bunyodkor» stadioni tantanalar zalida maxsus tadbir o‘tkazildi.

Marosim asosan ikki qismdan iborat bo‘ldi va uning birinchi qismida «Bunyodkor» klubi rahbariyati, homiylar so‘zga chiqib, mavsum yakunlari hamda yangi yil uchun mo‘ljallangan rejalarga to‘xtalib o‘tishdi. Shundan so‘ng «Bunyodkor» jamoasining asosiy tarkibiga o‘tgan mavsumda qo‘lga kiritilgan kumush medallar tantanali ravishda taqdim etildi. Ta’kidlash lozim, futbolchilarga medallarni O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magometovning shaxsan o‘zi topshirdi.

- Fursatdan foydalanib, «Bunyodkor» klubiga OCHLning «pley-off» o‘yinida omad yor bo‘lishini tilayman. Guruh bosqichidagi jamoalarimiz qancha ko‘p bo‘lsa, bu biz uchun shuncha yaxshi. O‘tgan yili jamoa kumush medallarni qo‘lga kiritgandi. Ana shu «kumush»ni yangi mavsumda «oltin»ga aylantirishingizni tilayman. Shuningdek, Yoshlar ligasida chempion bo‘lgan jamoangizni ham tabriklayman. Bu jamoa tarkibidagi iste’dodli futbolchilar nafaqat «Bunyodkor»ning, balki o‘zbek futbolining ham ertasi va kelajagidir, - dedi PFL direktori.    

Shunday qilib, O‘zbekistonning besh karra chempionlari (2008, 2009, 2010, 2011, 2013) o‘z hisoblariga uchinchi (2007, 2012, 2016) kumush medallarni qo‘shib qo‘yishdi. Eslatib o‘tish joiz, «Bunyodkor» o‘tgan mavsum oliy ligada 30 uchrashuvning 18tasida g‘alaba, 9tasida durang va 3tasida mag‘lubiyat qayd etdi. Umumiy hisobda 63 ochko jamg‘arildi. «Bun­yodkor» libosida maydonga tushgan eng yosh futbolchi Dostonbek Hamdamov (24.07.1996), aksincha, yoshi eng ulug‘ futbolchi Viktor Karpenko (07.09.1977) bo‘ldi. Jamoaning o‘rtacha yoshi roppa-rosa 25 yoshni tashkil etdi. Bu esa «Bunyodkor» jamoasida asosiy e’tibor yoshlarga qaratilishining yana bir tasdig‘idir. Shuningdek, ortda qolgan chempionatda «Bunyodkor» o‘z darvozasidan eng kam gol o‘tkazgan jamoa sifatida tarixda qoldi. Jami 30ta uchrashuvda qaldirg‘ochlar o‘z darvozalaridan 13ta gol o‘tkazib yuborishdi: uyda 5, safarda 8ta. E’tiborlisi, oliy ligadagi 30ta uchrashuvning 20tasida raqiblar «Bunyodkor» darvozasiga yo‘l topa olmadilar.

Tadbir davomida Yoshlar ligasida qatorasiga ikkinchi yil ham O‘zbekiston chempioni bo‘lgan «Bunyodkor» o‘rinbosarlariga oltin medallar topshirildi. Chunonchi, Hikmat Ergashev shogirdlari chempionat yakunlanishiga 4 tur qolgan paytdayoq muddatidan avval chempionlikni naqd qilishgandi.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:01, 01.02.2017.
O'qildi: 9349 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.