Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» prezidentligiga nomzod Xolandning familiyasi tushirilgan formani namoyish etdi (foto)

«Real» prezidentligiga nomzod Xolandning familiyasi tushirilgan formani namoyish etdi (foto)

Baho:
+ | -

«Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme, agar saylovda g‘alaba qozonsa, Erling Xolandni transfer qilishini ma’lum qildi.

37 yoshli biznesmen El Hormiguero dasturi efirida Madrid klubining yangi uy formasi futbolkasini ko‘rsatdi, uning orqa tomonida norvegiyalik hujumchining familiyasi yozilgan edi.

Xoland «Manchester Siti» safida to‘p suradi va uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi APLda 35 ta uchrashuv o‘tkazib, 27 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Real»da prezidentlik saylovlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:02, 04.06.2026.
O'qildi: 1429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик