Kirish Ro'yxatdan o'tish

Florentino Peres «Real»ga ikki yulduz futbolchini olib kelmoqchi

Florentino Peres «Real»ga ikki yulduz futbolchini olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubiga ko‘plab yulduz futbolchilarga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar to‘xtamayapti. 7 iyun kuni klubda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi va har ikki nomzod — Florentino Peres hamda Enrike Rikelme jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi.

Jurnalist Alberto Pereyroning xabar berishicha, Peres «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiolni, shuningdek, turli manbalar tomonidan qiziqish bildirilayotgani bir necha bor ta’kidlangan «PSJ» yarim himoyachisi Joau Neveshni «Real»ga olib kelishni orzu qilmoqda.

«Transfermarkt» ekspertlari 24 yoshli xorvatiyalik va 21 yoshli portugaliyalik futbolchilarning narxini mos ravishda 70 va 140 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:41, 04.06.2026.
O'qildi: 1664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик