Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Xorxe Fossati: «Ozarboyjon bilan o‘yin O‘zbekistonga qarshi bahsga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi»

Xorxe Fossati: «Ozarboyjon bilan o‘yin O‘zbekistonga qarshi bahsga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi»

Baho:
+ | -

Qatar terma jamoasi shu yilning 9 mart kuni Ozarboyjon terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Qatarliklar bosh murabbiyi Xorxe Fossati ushbu o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ozarboyjonga qarshi o‘yin og‘ir kechadi. Raqibimiz jismoniy kuchga tayangan o‘yin namoyish qiladi. Ozarboyjon bilan o‘yin mart oyida Eron va O‘zbekistonga qarshi kechadigan rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlik nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega" - deydi Fossati.

FIFA reytingida Qatar 85, Ozarboyjon esa 90-o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 9 mart kuni Doha shahridagi Jassim bin Hamad stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qatar milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichi doirasida 23 mart kuni o‘z uyida Eron, 28 mart kuni safarda O‘zbekistonga qarshi bahs olib boradi.

Manba: report.az
Kiritildi: 21:57, 01.02.2017.
O'qildi: 10476 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик