Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Sanjar Shoahmedov Qatar chempionatidagi ilk golini Rashidov jamoasiga urdi

Sanjar Shoahmedov Qatar chempionatidagi ilk golini Rashidov jamoasiga urdi

Baho:
+ | -

Qatar yulduzlari ligasida 19-tur o‘yinlari start oldi. «Al-Jaish» o‘z maydonida «As-Sayliya» klubini qabul qildi.

Ma’lumki, «Al-Jayish» tarkibida Sardor Rashidov, «As-Sayliya» tarkibida Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov to‘p surmoqda. Har uchala futbolchimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshlashdi.

Bahsning 23-daqiqasida Shoahmedov Qatar chempionatidagi o‘zining ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoalar tanaffusga chiqib ketish arafasida esa Yosir Abubakir hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi. Sanjar Shoahmedov o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida zaxiraga olindi.

Ushbu durangdan keyin "Al-Jaish" 36 ochko bilan 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, "Sayliya" o‘z ochkolarini 20taga yetkazdi va 8-pog‘onaga chiqib oldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:44, 02.02.2017.
O'qildi: 15864 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик