Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Oybek Qilichev: «Bosh murabbiy taklifiga ko‘ra «Navbahor»ni tanladim»

Oybek Qilichev: «Bosh murabbiy taklifiga ko‘ra «Navbahor»ni tanladim»

Baho:
+ | -

Bundan bir necha kun oldin “Navbahor” bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi Oybek Qilichev jamoamiz safiga bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonovning taklifiga ko‘ra qo‘shilganligini ma’lum qildi.

O‘tgan mavsum ikkinchi yarmini Malayziyaning “Perak” klubida to‘p surgan futbolchi “Navbahor”ga o‘tishini quyidagicha izohladi:

"Mavsumlar oralig‘ida yurtimizning 2-3 ta klubidan takliflar bor edi. Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov bilan yaxshi munosabatda bo‘lganimiz bois “Navbahor” taklifini qabul qildim. Mo‘minjonov “Paxtakor” jamoasida ishlagan. Qolaversa, Ilhom aka bilan “Traktor” jamoasida ham birga to‘p surganmiz. Mo‘minjonov bilan uchrashganimizda jamoaga yordamim kerakligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng jamoa safiga borib qo‘shildim. Yaqinda “Navbahor” jamoasi bilan yarim yillik shartnoma imzoladik.

Shu o‘rinda nima uchun yarim yillik shartnoma tuzildi degan savol tug‘iladi. Birinchi navbatda O‘zbekistonni sog‘inganim uchun yurtimizga qaytdim. Shu sababli, “Navbahor”da yarim mavsum faoliyat olib boraman. Olti oydan keyin xorijdan qizikarli taklif bo‘lsa o‘ylab ko‘rishim mumkin. Shuni hisobga olib yarim yillik shartnoma tuzishni taklif qildim. Agarda davralar oralig‘ida xorijdan taklif tushmaydigan bo‘lsa faoliyatimni “Navbahor”da davom ettiraman. Ayni paytda jamoa tarkibiga mahoratli futbolchilar yig‘ilgan. Har bir jamoa o‘z oldiga faqat yuqori natijalarni qayd etishni maqsad qilib qo‘yadi. “Navbahor”ni hozirgi maqsadi ham shunday", - deydi Qilichev.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:04, 04.02.2017.
O'qildi: 6065 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.