Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Bugun “Monako” – “Nissa” derbisi, javob o‘yinigacha nimalar o‘zgardi?

Bugun “Monako” – “Nissa” derbisi, javob o‘yinigacha nimalar o‘zgardi?

Baho:
+ | -

21 sentyabr kuni «Nissa» o‘z uyida «Monako»ni qabul qilgan va yirik 4-0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ikki jamoa bugun mavsumdagi ikkinchi moviy qirg‘oq derbisini o‘tkazadi. 1-davrani 1-o‘rinda yakunlagan “Nissa” hozirda “Monako” bilan bir xil ochko to‘plagan holda karvonboshilikni ushlab turibdi. 3 ochko kam jamg‘argan parijliklar bunday vaziyatdan albatta foydalanib qolishi mumkin. Xo‘sh, mavsumning ikkinchi derbisigacha jamoalarda nimalar o‘zgardi? Keling, tanishib chiqsak…

Jardim g‘alaba formulasini topdi

Birinchi derbida «Nissa» maydonida, monakoliklar bosh murabbiyi Leonardo Jardim 4-2-3-1 taktik sxemasini qo‘llagan edi. O‘yin so‘nggida 4-0 hisobidagi mag‘lubiyat esa Jardimning hali qilishi kerak bo‘lgan ishlarni ko‘rsatib bergan edi. O‘sha uchrashuvda jamoaning yetkachisi Radamel Falkao endi endi o‘z o‘yinini topib borayotgan edi. Hatto kichik jarohat olib maydonni 45-daqiqadayoq tark etgan edi. Valer Jermen esa joker o‘rnida qo‘llanar, jamoaning butun o‘yini esa Moutinyoning kayfiyatiga bog‘liq edi. O‘sha o‘yindan so‘ng «Monako»da ko‘p narsalar o‘zgardi. 4-4-2 o‘yin sxemasiga o‘tgan monakoliklar ancha hujumkor va barqaror o‘yin namoyish etmoqda.

Balotelli ortiq super-qahramon emas

Mavsum boshida “Nissa”ga kelib qo‘shilgan “Super Mario” jamoasining yulduzi bo‘lish uchun yaxshi tarafdan o‘zini ko‘rsata boshladi. Chempionatning ilk uch o‘yinida beshta gol urib barchani hayratga soldi. Biroq, oktyabr oyidan keyin italiyalik hujumchining ishlari ko‘ngildagidek ketmadi. Jarohatlar, o‘yindan chetlatishlar futbolchining o‘yiniga ta’sir qildi. Undan so‘ng Mario 8 uchrashuvda bor-yo‘g‘i 4 ta gol ura oldi.

«Nissa» ortiq hayratda qoldirmayapti

“Nissa” jamoasi ushbu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda boshladi. 1-davrani esa mutlaq yetakchi sifatida tugatdi. Ikkinchi davrada esa yaqin ta’qibchilari «PSJ» va «Monako»lar tarkiblarini va o‘yinlarini ancha kuchaytirib oldilar. Mavsum boshida jamoani Ben Arfa, Jermeyn, Mendi, Pe kabi bir qator yetakchi fubolchilar tark etganiga qaramay, jamoa ustozi Lyusen Favr raqobatdosh jamoa shakllantira oldi. Bugun bo‘lib o‘tadigan derbiga esa jamoalar ancha kuchli tayyorgarlik bilan yetib kelishdi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:28, 04.02.2017.
O'qildi: 5272 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.