Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Dunyo futbolidagi sharmandali avtogollar

Dunyo futbolidagi sharmandali avtogollar

Baho:
+ | -

Turli voqea va hodisalarga boy bo‘lgan futbol uchun avtogollar yangilik emas. Tabiiyki, tasodifan o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan omadsiz futbolchi aybini yuvish uchun oldinga tashlanadi va ko‘pincha raqib darvozasiga gol uradi. Quyidagi hikoyamizdan o‘rin olgan avtogollar olijanoblikdan ancha yiroq. Zero salbiy jihatlari bilan bo‘lsada, mashhurlikka erishgan.

Rud Krol (Gollandiya)

23.06.1974 yil. JCH, guruh bosqichi.

Gollandiya-Bolgariya-4:1 (avtogol 78-daqiqa).

Ba’zan avtogol uchun mukofot ham olish mumkin. JCH-74 arafasida ams-terdam banklarining biri Gollandiya terma jamoasining har bir goli uchun 5000 gulden (1000 dollar) mukofot e’lon qilgandi. Ikkita guruh bosqichining 6ta uchrashuvida «lolaranglilar» raqiblar darvozasiga 14ta gol urib, bor-yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib yubordilar: yirik hisobda mag‘lub etilgan Bolgariyaga qarshi bahsda Krol o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Tabiiyki, voqeaning bu ko‘rinishda rivojlanishini homiylar kutishmagandi. Biroq futbolchilar Rudning goliga ham mukofot puli ajratishni talab qilishdi. Jamoatchilikning bosimi ostida bankchilar talabni qondirishdi va mukofot nizomiga tegishli o‘zgarish kiritishdi: «Bundan keyin faqat raqib darvozasiga urilgan gollar inobatga olinadi».

Andres Eskobar (Kolumbiya)

22.06.1994 yil. JCH, guruh bosqichi.

AQSH-Kolumbiya-2:1 (avtogol 34-daqiqa).

Mazkur omadsizlik fojiaga sabab bo‘ldi. JCHda ilk marta qatnashayotgan Kolumbiya dastlabki bahsda Ruminiyadan yengilgan. Guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun AQSHdan mag‘lub bo‘lmasligi shart edi. Ammo «kofechilar» mag‘lubiyatga Eskobarning avtogoli yo‘l ochib berdi. Shu tariqa Kolumbiya turnirni barvaqt tark etdi. Terma jamoaning omadsizligiga chiday olmagan Umberto Munyos avtogol muallifini revolver bilan otib o‘ldirdi: Eskobarga qarata otilayotgan 6ta o‘qning har birini qotil «gol» deya hayqirib yo‘lladi.

Stan van den Byuys (Belgiya)

1995|1996 yillar mavsumi. Belgiya chempionati.

«Jerminal Ekeren»-«Anderlext»-2:3 («Anderlext»ning barcha gollarini «Ekeren» himoyachisi urgan).

Mazkur sharmandagarchilik 38 yoshli Byuysning so‘nggi mavsumida yuz berdi. «Ekeren» uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bellashuvda jamoadoshlari faxriy futbolchi bilan gol urish borasida bahslashishdi. Yakunda Byuys g‘olib chiqib, mehmonlarga g‘alabani hadya qildi.

Kaxa Kaladze (Gruziya)

05.09.2009 yil. JCH-2010, saralash bosqichi.

Gruziya-Italiya-0:2 (avtogol 57-67 daqiqalar).

Taqdirning qaltis haziliga ko‘ra, Italiya klublarida 10 yildan ko‘proq to‘p surgan himoyachining xalqaro arenadagi eng omadsiz uchrashuvi aynan «Skuadra Adzurra»ga qarshi kechdi. Gruziyalik himoyachi 10 daqiqa ichida 2 marta - avval boshi bilan, keyinchalik oyog‘i bilan o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Qizig‘i shundaki, u Gruziya terma jamoasi safidagi uchrashuvlarda faqat bir marta raqib darvozasiga gol urgandi.

Andrea Masyello (Italiya)

15.05.2011 yil. «A» seriya 37-tur.

«Bari»-«Lechche»-0:2 (avtogol 80-daqiqa).

Anchayin mojaroli avtogol. Muddatidan avval «V» seriyaga yo‘l olishi aniq bo‘lgan «Bari» Apuliya derbisida g‘olib chiqish orqali azaliy raqibni ham quyi divizionga sudrab, o‘z muxlislaridan uzr so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lgandi. Biroq Masyolloning avtogoli ijobiy natijaga bo‘lgan umidni batamom so‘ndirdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘sha «beg‘araz» xizmati uchun himoyachi 240000 dollar bonusga ega bo‘lgan. Tergovda o‘z aybiga to‘la iqror bo‘lganligi va huquq-tartibot xodimlariga yordam berganligi evaziga futbolchi nisbatan yengilroq jazo - 2 yilu, 2 oyga diskvalifikasiya qilindi.

Mixael Ballak (Germaniya)

20.05.2000 yil. Bundesliga 34-tur.

«Unterxaxing»-«Bayer»-2:0 (avtogol 21-daqiqa).

Ballak hali Myunxen grandi safiga qo‘shilmasdan turib «Bavariya»ni shohsupaga olib chiqqandi. Ataylab emas, albatta. Darhaqiqat, o‘zi uchun chinakam fojiaga teng bo‘lgan o‘sha omadsizlikni Mixael faoliyatidagi eng yomon falokat sifatida qaraydi. «Unterxaxing» bilan durangga erishish «dorishunoslar»ga «Kumush tovoq»ni naqd qilardi. Ammo Ballakning avtogoli barcha umidni barbod qildi. «Bavariya» esa so‘nggi bahsni g‘alaba bilan yakunlab, ochkolar bo‘yicha «Leverkuzen»­ga yetib oldi, to‘plar nisbatiga ko‘ra chempionlikka erishdi.

Marselo (Braziliya)

12.06.2014 yil. JCH.

Braziliya-Xorvatiya-3:1 (avtogol 11-daqiqa).

Har 20 yilda bir marta o‘ziga xos avtogol jahon chempionatlarida yuz beradi. Xayriyatki, «Real» himoyachisining Braziliya terma jamoasi tarixidagi ilk avtogoli umumiy omadsizlikka olib kelmadi. Marselo shuningdek, mundiallar tarixidagi eng tezkor avtogolning muallifi sifatida tarixdan o‘rin oldi.

Kristof Kramer (Germaniya)

09.11.2014 yil. Bundesliga 11-tur.

«Borussiya» D.-«Borussiya» M.-1:0 (avtogol 58-daqiqa).

Jahon chempionlari har doim ham avtogolni amalga oshiravermaydilar, ayniqsa, ajoyib zarbalar bilan! Nomdosh jamoalar o‘rtasidagi bahsda mezbonlarga g‘alaba keltirgan Kramerning zarbasi uzoq vaqtgacha muxlislar xotirasidan ko‘tarilmasa kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:45, 05.02.2017.
O'qildi: 17864 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.