Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Elnur Abduraimov China Dragons’ga qarshi jangdan bir kun oldin jarohat olgani uchun ringga chiqmagan

Elnur Abduraimov China Dragons’ga qarshi jangdan bir kun oldin jarohat olgani uchun ringga chiqmagan

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning 1-turini O‘zbekiston terma jamoasi safarda o‘tkazib, Xitoyning China Dragons klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Unda Mironshoh Ibragimov (-49) va Abdulhay Shorahmedov (-56) xitoylik sportchilarni mag‘lub etgan etgan bo‘lsa, Ulug‘bek Haqberdiyev (-75) hamda Bobur Yo‘ldoshev (-91) imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Uzbek Tigers safida Elnur Abduraimov (-64) ham ringga chiqib, terma uchun 1 ochko ishlab olishi mumkin edi. Biroq u ringga chiqmaslikni afzal bildi.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmatining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, Elnur Abduraimov jangdan bir kun oldin bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotda jarohat olgan. Bu esa unga ertasi kuni ringga chiqish imkoniyatini bermagan.

Ma’lumot uchun, terma jamoani To‘lqin Qilichev va Rahmatjon Ro‘ziohunov murabbiy sifatida Xitoyga olib borgandi. Jamoaning tibbiy masalalariga esa Komil Rasulov javobgar bo‘lgan.

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning 2-turini ham O‘zbekiston terma jamoasi safarda o‘tkazadi. Uzbek Tigers jamoasining navbatdagi raqibi Qozog‘istonning Astana Arlans klubi bo‘ladi.

To‘qnashuvlar 18 fevral kuni Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida o‘tadi. Unda ham odatga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekistonning besh nafardan bokschisi o‘zaro ringga ko‘tariladi. Astana Arlans 1-turni Moskva shahrida Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi o‘tkazib, 3:2 hisobida ustun kelgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:43, 06.02.2017.
O'qildi: 5532 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик