Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

"Navbahor" nazorat o‘yinida "Dinamo"ni mag‘lub etdi

"Navbahor" nazorat o‘yinida "Dinamo"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

"Navbahor" Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Gollarga boy o‘tgan bahsda 4:2 hisobi qayd etildi. Uchrashuv boshida Oybeq Qilichev Aziz Turg‘unboyevning uzatib bergan to‘pidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa oradan biroz vaqt o‘tib, samarqandliklar o‘rtadagi muvozanatni tiklashdi.

Bo‘lim oxirida Abbos Otaxonov burchakdan oshirib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim boshida “Dinamo” futbolchilari ikkinchi bor hisobni tenglashtirishdi.

Raqibdan kuchliroq ekanliklarini amalda namoyish etgan "Navbahor" hakamning final xushtagi chalingunga qadar yana ikki bor muvaffaqiyat qozondi. Avvaliga Nemanya Yovanovich burchakdan oshirilgan to‘pni to‘rga joylab qo‘ygan bo‘lsa, o‘yindagi so‘nggi golga Mirzohid G‘ofurov mualliflik qildi. G‘ofurov ikki himoyachi qurshovida bo‘lishiga qaramay o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni mo‘ljalga aniq yo‘llay oldi.

Ilhom Mo‘minjonov “Dinamo”ga qarshi o‘yinda quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi: Asilbek Amanov, Abbos Otaxonov, Hasanboy Ergashev, Tohir Shamshitdinov,  Alisher Samatov, Azizbek Turg‘unboyev, Alisher Mirzayev, Oybek Qilichev, Timur Tolipov, Ro‘zimboy Ahmedov, Nemanya Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, Mansur Saidov, Dilshod Jabborov, A’zam Aliyev, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G‘ofurov, Ravshan Xursanov, Ilhom Boydedayev, Abduaziz Sultanov.

“Navbahor” navbatdagi nazorat uchrashuvini 14 fevral kuni “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:10, 12.02.2017.
O'qildi: 6143 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик