Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Bahodir Nasimov: "Oliy ligadan 3-4 taklif bo‘ldi, o‘zim legioner bo‘lishni istadim"

Bahodir Nasimov: "Oliy ligadan 3-4 taklif bo‘ldi, o‘zim legioner bo‘lishni istadim"

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumni «Bunyodkor» safida o‘tkazgan hujumchi Bahodir Nasimov yangi mavsumni Janubiy Koreyaning «K» Chellenj ligasi vakili «Ansan Griners» safida o‘tkazadigan bo‘ldi. 29 yoshli hujumchi koreys klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. «Erudit Sport» kuni kecha futbolchi bilan bog‘lanib, intervyu oldi.

— Bahodir, avvalo yangi klub bilan tabriklaymiz. Bir yillik tanaffusdan so‘ng yana legionerga aylandingiz. Oliy Ligada to‘p surishdan ko‘ra, legioner bo‘lish oson emas har holda…

— Tabrik uchun rahmat. Chindanam oson ishning o‘zi yo‘q. Oliy Ligamizda «Bunyodkor» safidagi bir yillik faoliyatimdan keyin yana legioner bo‘lishga qaror qildim. Bu borada tajribaga ega bo‘lganim uchun xorijda faoliyat yuritish men uchun yangilik emas. Shunga qaramay, bu taklifni o‘zim uchun yana bir sinov sifatida qabul qildim. Koreyada o‘zimni ko‘rsatishim shart.

— Yangi klubingiz «Ansan Griners» varianti qachon paydo bo‘ldi va bu klubga o‘tishingiz qanday kechdi?

— Ikki oy avval oldimda Qatar va Janubiy Koreyadan variantlar bor edi. Ular orasidan dekabr oyida Koreya varianti jiddiy taklif bilan chiqdi. Koreyalik agentlar Azamat Abduraimov bilan bog‘lanib, men bilan qiziqishgan. Ular 2015 yilgi Osiyo Kubogidagi terma jamoamizdagi, o‘tgan mavsum Osiyo Chempionlar Ligasidagi o‘yinlarimni kuzatishgan ekan. Azamat aka bilan ushbu masalada maslahatlashgach, o‘zimni Koreya chempionatida sinab ko‘rishga qaror qildim. Klub minglab muxlislarga ega, 35 ming o‘rinli stadioni bor.

— Yangi klubdagi dastalabki taassurotlar qanday? Muhitga moslashish jarayoni qiyin kechmayaptimi?

— Dastlabki kunlarda qiyinchiliklarga uchragan bo‘lsamda, klubning va futbolchilarning yordamida yangi muhitga moslashishga ulgurdim. Bu yerda mendan tashqari yana Urugvay, Braziliya va Chernogoriyadan legionerlar bor. Taassurotlarni ijobiy deyishim mumkin. Mashg‘ulotlar jarayoni yangicha uslublarda olib borilayapti. Nazorat uchrashuvida 4:2 hisobida g‘alabaga erishdik, ushbu bahsda «dubl» qayd etganimdan so‘ng, ikki yillik shartnoma imzoladik. Jamoa bilan 10 kundan buyon birga bo‘lsamda, xuddiki biz bir yildan buyon jamoadoshlardek bo‘lib qoldik.

— Janubiy Koreya termasiga qarshi to‘p surgansiz. Koreya futbolida asosiy e’tibor nimalarga qaratilar ekan?

— Bu yerda jismoniy holatga jiddiy e’tibor qaratisharkan. Mashg‘ulotlarda ham futbolchilarning jismoniy jihatlarini kuchaytirishga intilishadi. To‘p bilan kamroq muomalada bo‘lib, kurashlarga boy o‘yin o‘tkaziladi. Bu yerda kurashuvchan va tezkor o‘yinga e’tibor kuchli.

— Klub qanday sharoitlar yaratdi?

— Shaxsiy mashina va uy ajratdi. Tez orada Samarqanddan oilamni ham olib kelishni rejalashtirganman. Ovqat masalasida ko‘nika olmayotgan bo‘lsamda, Samarqanddan non olib kelganman. Baliq va tovuq go‘shti bilan kun kechirib turibman (kuladi).

— «Bunyodkor»ni tark etgach, mavsum boshida «Dinamo» jamoasi bilan yig‘inda qatnashayotgan edingiz. Aytingchi, Koreya klubidan tashqari sizda Oliy Liga klublaridan ham taklif bor edimi?

— «Bunyodkor»ni tark etganimdan keyin Oliy Liganing bir yo‘la 4-5 ta klubidan taklif oldim. Ammo men ko‘proq legioner bo‘lishni istayotgandim. Aytganimdek, Koreyada taklif bo‘lgach, barcha masalalar hal bo‘lguncha Samarqandda Ilhom aka Sharipov qo‘l ostida «Dinamo»da mashg‘ulotlarda ishtirok etib turdim. Bungacha Saudiya Arabistoni chempionati klubidan ham taklif bo‘ldi, ammo Koreyaga borishim aniqligi uchun buni ko‘rib chiqmadik.

— Bungacha Rossiya, Ozarbayjon, Eron klublarida to‘p surdingiz. Endi Janubiy Koreyadasiz. Legioner sifatida to‘p surishning ustunligi va qiyinligi nimada?

— Bilasiz, legioner sifatida to‘p surishning birinchi sharti siz jamoadagi mahalliy futbolchilardan ustunroq bo‘lishingiz kerak. Sizdan ko‘proq narsa talab qilinadi. Koreyaga nisbatan oldin to‘p surgan Rossiya, Ozarbayjon, Eron chempionatlarida menga til borasida muammo yo‘q edi. Chunki, rus tilini bilardim, Ozarbayjon tili ham o‘zbek tiliga yaqin, Eronda esa forslar bilan bemalol tojik tilida gaplasha olardim. Koreyada esa bu borada qiynalayapman. Inglizchani ozroq bilsamda, mahalliy futbolchilar unchalik bilishmaydi. O‘ylaymanki, tez orada bu borada ham moslashaman.

— Yangi mavsumda qanday maqsadlar qo‘ygansiz?

— Ansan shahri poytaxt Seulda 30 daqiqalik uzoqlikda ekan. Bu yerda o‘zbekistonliklar ko‘p ekan. Ularning aksariyati o‘yinga kelib qo‘llab-quvvatlashlarini aytishdi. Eng avvalo jamoa muxlislarini gollarim va g‘alabalarimiz bilan quvontirishimiz shart. Legioner sifatida mas’uliyat katta ekanligini anglab turibman. Shu bois barchaning ishonchini oqlashga intilaman.

Usmon IBODOV suhbatlashdi, "Erudit Sport" gazetasi

 

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 10:10, 13.02.2017.
O'qildi: 9567 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.