Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyoning «Real» uchun transfer rejalari: uchta himoyachi nishonda

Mourinyoning «Real» uchun transfer rejalari: uchta himoyachi nishonda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi lavozimiga qaytishi mumkin bo‘lgan portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo «Qirollik klubi» tarkibini kuchaytirish uchun bir nechta variantlarni ko‘rsatib o‘tdi. «Onda Cero» xabariga ko‘ra, «Special One» «qaymoqranglilar» rahbariyatidan bir nechta futbolchini sotib olishni so‘ragan.

Mourinyo «Santyago Bernabeu»ga «Chelsi» laterali Mark Kukurelyani, shuningdek, «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol va «Arsenal» himoyachisi Rikardo Kalafyorini olib kelishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda portugaliyalik mutaxassis Lissabonning «Benfika» klubini boshqargan edi. Agar Florentino Peres bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Joze Mourinyu «Real»ga bosh murabbiy etib tayinlanadi.

Kiritildi: 13:14, 04.06.2026.
O'qildi: 524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик