Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» «Barselona»ning transfer nishonini ilib ketmoqchi va allaqachon rasmiy so‘rov yubordi

«Real» «Barselona»ning transfer nishonini ilib ketmoqchi va allaqachon rasmiy so‘rov yubordi

Baho:
+3 | -

«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya ikki yo‘l orasida qoldi. La Liganing ikki grandi — «Real» va «Barselona» u bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Jurnalist Xorxe Pikonning ta’kidlashicha, dastlab Markga faqatgina «Barselona» qiziqayotgan edi. Biroq endilikda futbolchi uchun kechayotgan kurashga «Real» ham qo‘shildi. Madridliklar himoyachining narxini bilish maqsadida «Chelsi» klubiga allaqachon rasmiy so‘rov yuborishgan.

Qayd etilishicha, ayni damda chap qanot himoyachisi pozisiyasini kuchaytirish «Real» uchun birinchi darajali vazifa hisoblanmaydi. Ammo klub rahbariyati Alvaro Karreras, Ferlan Mendi yoki Fran Garsiyalarning hech biriga 100 foiz ishonch bildirmayapti. Shu sababli jamoa ushbu pozisiya uchun potensial yangi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 17:36, 04.06.2026.
O'qildi: 3809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик