COPE nashrining xabar berishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres seshanba kuni yangi futbolchi uchun 150 million yevro miqdorida taklif yuborishni va’da qilganda, «PSJ» yarim himoyachisi Joau Neveshni nazarda tutgan.
Avvalroq OAVda Madrid klubining Portugaliya terma jamoasining 21 yoshli a’zosiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Neveshning amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 140 million yevroga baholamoqda.
Ushbu mavsumda Nevesh barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













