Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Alvares "Barsa"ga o‘tish uchun dod-voy solmaydi

Alvares "Barsa"ga o‘tish uchun dod-voy solmaydi

Baho:
+ | -

Xulian Alvares «Barselona»ga o‘tishi haqida oshkora bayonot bermaydi, deb xabar bermoqda As.

«Atletiko» hujumchisi bosh murabbiy Diyego Simeone, so‘ngra klub rahbariyati bilan yuzma-yuz uchrashib, jamoani tark etish istagini ma’lum qilmoqchi. Shu bilan birga, argentinalik futbolchi uni faqat «Barselona» qiziqtirayotganini aniq tushuntirib qo‘ymoqchi.

Xulian kataloniyaliklarning taklifi har ikkala tomon uchun ham manfaatli deb hisoblaydi, biroq Madrid klubi bunga qo‘shilmayapti. Manbaning xabariga ko‘ra, «Barsa»ning amaldagi taklifi 100 million yevrodan 120 million yevrogacha oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Alvares «Atletiko»ni tark etmoqchi ekanini oshkora ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 07:31, 09.08.2026.
O'qildi: 1786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик