Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

O‘zbekiston kubogi. “Neftchi” “Paxtakor”ni musobaqadan chiqarib yubordi

O‘zbekiston kubogi. “Neftchi” “Paxtakor”ni musobaqadan chiqarib yubordi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi nimchorak final bosqichida Farg‘onaning “Neftchi” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini mag‘lub etib, musobaqaning chorakfinal bosqichiga yo‘l oldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 81-daqiqada urildi. Zaxiradan maydonga tushgan Stipe Perisa jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, “Neftchi”ga g‘alaba keltirdi.

Birinchi bo‘limda tashabbus "Neftchi" tomonida bo‘ldi, ammo jamoaning zarbalariga aniqlik yetishmadi. Xurshid G‘iyosov tomonidan birinchi taymda urilgan gol ofsayd tufayli inobatga olinmadi.

“Paxtakor” esa bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi, biroq farg‘onaliklar darvozaboni Botirali Ergashev ishonchli harakat qildi. “Neftchi” esa uchrashuv yakuniga qadar hisobni saqlab qoldi.

Shu tariqa, “Neftchi” O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi “Paxtakor”ni musobaqadan chiqarib yubordi.

O‘zbekiston Kubogi, 1/8 final
“Neftchi” — “Paxtakor” 1:0
Gollar: 1:0 — Perisa (81).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:07, 29.08.2026.
O'qildi: 2319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик