Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» va «Inter» o‘rtasida yirik almashinuv muhokama qilinmoqda

«Barselona» va «Inter» o‘rtasida yirik almashinuv muhokama qilinmoqda

Baho:
+ | -

«Inter»ning chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko «Barselona» qiziqish doirasiga tushdi.

Jurnalist Sergi Kapdevila ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 28 yoshli italiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun Alexandro Baldeni almashinuv bitimiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, «Barselona» «Inter»ga qo‘shimcha pul ham taklif qilishi mumkin.

22 yoshli Baldening o‘zi klubda qolib, asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashish niyatida. Biroq «Barselona» rahbariyati zarurat tug‘ilsa, futbolchini jamoani tark etishga ko‘ndirish mumkin, deb hisoblamoqda.

Ayni paytda bitimni amalga oshirish oson bo‘lmasligi ta’kidlanmoqda. Chunki «Inter» Dimarko bilan xayrlashishni istamayapti. Shunga qaramay, tomonlar o‘rtasida dastlabki muhokamalar allaqachon boshlangan.

Transfermarkt portali Dimarko va Baldening har birini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 04:38, 30.08.2026.
O'qildi: 3757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик